Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

DARAXT VA GUL KO'CHATLARINI SOVUQDAN ASRAYLIK

Daraxt va gul ko'chatlarini sovuqdan asraylik

Samarqand shahrida 2022-yilda keng ko'lamli obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari olib borildi. Shuningdek, shahar ko'chalariga mahalliy va xorijdan keltirilgan ko'p turdagi qimmatbaho daraxt ko'chatlari ekildi. Ularni asrab-avaylash va shahrimiz ko'chalarida quloch ochib, ulkan daraxtga aylanishi esa o'z qo'limizda.

Shu bois Samarqand shahridagi ko'plab daraxt va gul ko'chatlarini Mamlakatimizda kutilayotgan anomal sovuq ob-havoning kirib kelishi va natijada zararlanishi mumkinligi hisobga olinib, ularni ehtiyotlash maqsadida zaruriy choralar ko'rilmoqda. 

Shu o'rinda, hurmatli hamshaharlarimiz, barcha korxona va tashkilot rahbarlari hamda tadbirkorlardan ham o'z uyi, idora va savdo do'konlari oldida mavjud yangi ekilgan daraxt va gul ko'chatlariga befarq bo'lmagan holda ularni salafan va boshqa turdagi sovuqdan asrovchi matolar bilan o'rab qo'yishlarini so'raymiz.

Samarqand shahar hokimligi obodononlashtirish boshqarmasi

 
 
9-Yanvar, 2023-yil 16:50 |