Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

BULUNG‘URDA "POMIDOR SAYLI" O‘TKAZILDI

Bulung‘urda "Pomidor sayli" o‘tkazildi

Bulung‘ur tumanining Fozil Yo‘ldosh mahallasida “Pomidor sayli” o‘tkazildi. Tadbirda viloyatimiz tumanlarida yetishtirilgan turli pomidorlar bilan birga qayta ishlovchi korxonalarning tayyor mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Shuningdek, pomidor urug‘lari, navlari, undan turli mahsulotlar tayyorlash usullari namoyish etildi.

Viloyat bo‘yicha yetishtirilayotgan pomidor navlari va hosildorligi bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.

Tadbirda pomidor urug‘lari, navlarini ko‘paytirish, uni yetishtirish hamda hosildorlikni oshirish usullari, turli zararkunandalardan himoya qilish texnologiyalari taqdimoti o‘tkazildi.

Saylning ochilishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev so'zga chiqib, pomidor nafaqat xalqimiz dasturxonining asosiy ne'matlaridan biri balki, viloyatimiz qishloq xo'jaligida muhim ahamiyatga ega mahsulotlardan ekanligini ta'kidladi.

Joriy yilda viloyatimizda 2631 gektar ochiq maydonda, 239 gektar issiqxonalarda pomidorning kasallikka chidamli va sermahsul navlari ekildi.

Pomidor sayli tadbiri doirasida tashkil etilgan tanlovda 1-o'rin Pastdarg'om, 2-o'rin Bulung'ur, 3-o'rin Narpay tumani vakillariga nasib etdi. Shuningdek, saylda faol ishtirok etgan shahar va tumanlar hamda viloyat tashkilotlari vakillari ham taqdirlandi.

 
 
13-Sentabr, 2025-yil 16:16 |