Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

"BUGUNGI YOSHLAR – ERTANGI MAMLAKAT KELAJAGI..."

"Bugungi yoshlar – ertangi mamlakat kelajagi..."

Shu kunlarda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov shahar maktablarining yangi 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishmoqda.

Xususan, hokim bugun 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash va yangilash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Mavjud kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga tez va sifatli bajarish yuzasidan aniq vazifalar berildi.

– Bugungi yoshlar – ertangi mamlakat kelajagi. Ularning zamonaviy va qulay ta’lim maskanlarida o‘qishi biz uchun shunchaki vazifa emas, balki mas’uliyat va sharafdir. SHu bois har bir farzandimiz sifatli bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishimiz shart, – dedi hokim.

 
 
11-Avgust, 2025-yil 18:41 |