Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

“BOG‘I TEMUR” MFYDA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILDI

“Bog‘i Temur” MFYda profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

2026 yil 27 fevral kuni jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Tozalash” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

“Turmush” profilaktik tadbiri doirasida mahallada “xavf guruhi”ga kiritilgan nizoli oilalar, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar, uzoq muddatga chiqib ketgan oilalar a’zolari, ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab kelayotgan fuqarolar hamda boshqa toifadagi shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Tadbirda Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari R.Toshniyozova,Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili O.Toshniyozov, Samarqand shahar IIO FMB HQMB katta inspektori N.Burxanova hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etmoqda.

Profilaktik suhbatlar davomida:
 • Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish,
 •Huquqbuzarliklarning oldini olish,
 • Ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash,
 • Muammoli holatlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

 
 
28-Fevral, 2026-yil 22:04 |