BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!
Xabar qilganimizdik, viloyatimizda Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi oldidan ushbu shior ostida ma’naviyat festivali o‘tkazildi.
Bugun Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida mazkur ma’naviyat festivalining yakuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Jamila Shermuhammedova, Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev so‘zga chiqib,mustaqillik mohiyati, tinchlik va inson qadri haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston xalq hofizi Abdunabi Ibragimov,O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, iste’dodli xonandalar Shuhrat Daryo, Aziz Rajabiy, Dilmurod Otajonov, Saidakbar Xolmatov, kino va teatr aktyorlari, taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar Vatanimiz mustaqilligi,inson qadri madh etilgan chiqishlari bilan ishtirok etdi.
Festival yoshlarning ''Chilla - iste’dodlar mavsumi'' loyihasi doirasidagi tadbirlarga ulanib ketdi.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil