Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

AYRIM YO‘L HARAKATI QOIDABUZARLIKLARI UCHUN JARIMALARDAGI CHEGIRMALAR BEKOR QILINISHI MUMKIN

Ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalardagi chegirmalar bekor qilinishi mumkin

 

Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lashdagi chegirmalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorladi.

Hozirgi qonunchilikka ko‘ra, agar huquqbuzar jarimani qarori topshirilgan kundan e’tiboran 15 kun ichida 50 foizini yoki 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, qolgan qismi to‘lanmaydi.

Loyihada esa ayrim huquqbuzarliklar uchun mazkur yengillashtirilgan tartibni qo‘llamaslik taklif etilgan. 

Jumladan:

📌belgilangan tezlikni 40 km/soatdan va 60 km/soatdan ortiq oshirish — bir oy ichida besh marta sodir etilganda;
📌svetoforning taqiqlovchi signali yoki yo‘l harakati boshqaruvchisining taqiqlovchi ishorasida o‘tish — bir oy ichida ikki marta sodir etilganda;

YHQni buzib, yo‘lning qarshi tomoniga chiqish yoki avariyali vaziyat yaratish — ya’ni boshqa haydovchilarni keskin to‘xtashga, yo‘nalishini o‘zgartirishga yoki xavfsizlik choralari ko‘rishga majbur etgan holatlar — bir oy ichida ikki marta sodir etilganda.

Vazirlikka ko‘ra, qonunning qabul qilinishi yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga xizmat qiladi va og‘ir oqibatli YTHlarning oldini olishga ko‘maklashadi.

Loyiha 25 sentyabrga qadar muhokama qilinadi.

 
 
11-Sentabr, 2025-yil 10:26 |