AYRIM KO‘CHALARNING BIR QISMIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI
Ertaga, 14 iyul kunidan boshlab 2024-2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanadi.
Test sinovlari Samarqand shahrida ham bo‘lib o‘tishi munosabati bilan shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, test sinovlari bo‘ladigan hududlarda jamoat tartibini saqlash va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14 iyul kunidan 28 iyul kuni (1-bosqich soat 08:00 dan 11:00 gacha, 2-bosqich soat 15:00 dan 18:00 gacha)ga qadar Rudakiy ko‘chasida joylashgan SamDU akademik liseyi hamda Dahbed ko‘chasidagi Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat fakul’teti va Gagarin ko‘chasidagi Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati binosiga tutash va uning atrofidagi ko‘chalarda transport vositalarining bir tomonlama harakati cheklanadi.