Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

AYRIM KO‘CHALARDA TRANSPORTLAR HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

Ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi

 

Samarqand shahrida ertaga, 21-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazish va hududlarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, ertaga, 21-mart kuni soat 08:00 dan tadbirlar yakunlangunga qadar Samarqand shahridagi Abdurahmon Jomiy ko‘chasining Universitet xiyoboni bilan kesishmasidan O‘zbekiston ko‘chasi tutashmasigacha hamda Bobur Mirzo ko‘chasining Abdurahmon Jomiy ko‘chasidan Rim ko‘chasigacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.

 
 
20-Mart, 2026-yil 18:30 |