Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

AYRIM KO‘CHALARDA TAJRIBA SIFATIDA BIR TOMONLAMA HARAKAT CHEKLANADI

Ayrim ko‘chalarda tajriba sifatida bir tomonlama harakat cheklanadi

 

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining joriy yil 26-sentyabr kuni qabul qilingan qaroriga muvofiq 1-oktyabrdan boshlab, bir oy muddat davomida Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida bir tomonlama harakatlanish tartibi sinov tariqasida joriy etiladi:

Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasi – Bobur Mirzo ko‘chasidan Husayin Boyqaro ko‘chasigacha; 

Abdurahmon Jomiy ko‘chasi – Husayin Boyqaro ko‘chasidan Universitet xiyobonigacha; 

Orzu Mahmudov ko‘chasi – Universitet xiyobonidan O‘zbekiston ko‘chasigacha; 

Ko‘ksaroy maydoni – Viloyat hokimligi ma’muriy binosidan Ulug‘ Tursunov ko‘chasigacha; 

Shohrux Mirzo ko‘chasi – Universitet xiyobonidan Ulug‘ Tursunov ko‘chasigacha; 

Husayin Boyqaro ko‘chasi – Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasigacha; 

Chuquryo‘l ko‘chasi – Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasi tutashmasidan Husayin Boyqaro ko‘chasi kesishmasigacha; 

Ulug‘ Tursunov ko‘chasi – Shohrux Mirzo ko‘chasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasigacha; 

Yusuf Hamadoniy ko‘chasi – Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Husayin Boyqaro ko‘chasigacha; 

Aytish o‘rinliki bu o‘zgarishlar shaharda tirbandliklarni oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sinov davrida qoida buzilishi holatlari aniqlansa, haydovchilarga jarima solinmaydi, balki tushuntirish ishlari olib boriladi.

📢 Hurmatli haydovchilar, yangi tartibga rioya qilish orqali xavfsiz va qulay harakatlanishni ta’minlaylik! 

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 
 
27-Sentabr, 2025-yil 13:26 |