AYRIM HUDUDLARDA ICHIMLIK SUVIDA VAQTINCHALIK UZILISHLAR BO‘LADI
Ayrim hududlarda ichimlik suvida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi
Samarqand shahridagi Gagarin ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishmasida tunnel qurish ishlari davom etmoqda.
Endilikda ushbu hududda mavjud bo‘lgan diametri 500 mm magistral suv tarmog‘ini ko‘chirish ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan bugundan 30 avgust kuni soat 9:00 ga qadar Motrid, Gurug‘li, Gagarin, Rudakiy, Dehqon, Beruniy, Islohat, Bog‘dod, Al Xorazmiy, Navoiyshoh, Sh.Rustaveli, Farhod, Ozod Sharq, Lahutiy, Bohodirxon, Mingtut, Mir Said Baraka, Mirzo Ulug‘bek, Fitrat, Nodirabegim, Azimbekov, Hoshimov, Amir Timur, Firdavsiy ko‘chasi va unga tutash hududlarda suv tarmog‘ida bosim pasayishi hamda vaqtincha uzilish holatlari yuzaga kelishini ma’lum qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, aholiga iste’mol suvi vaqtincha maxsus transport vositalari orqali yetkazib beriladi.