AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASIDA VAQTINCHA UZILISH BO‘LADI
“Shimoliy” podstansiyasining elektr tarmoqlarida shleyf ulash ishlari olib borilishi haqida xabar berilgandi. Texnik sabablarga ko‘ra, ishlar bugun soat 13:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Shu munosabat bilan Samarqand shahrining quyidagi hududlarida va ularga tutash iste’molchilarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo'ladi:
Al-Xorazmiy, Hayotobod, Bog‘iston, Turon, Ali Qushchi, Ro‘dakiy, Mevazor, Beruniy, Kattaariq, Rahmatobod, Yulduz, Adolat, Nurli yo‘l, Orzu, Qarshi yo‘li, Nafosat, Bog‘isaroy, Oltin asr, Gullar bog‘i, Bog‘dod, Sadaf, Tinchlik, Bog‘ishifo, Sayqal, Ma’rifat, Bog‘ishamol, Terakzor, Ziyolilar, Maysazor, Madaniyat, Bog‘i Temur, Ziyokorlar mahallalari, shuningdek, Beruniy va Gagarin ko‘chalari, "Temiryo‘l" dehqon bozori, "Temiryo‘l tarmog‘i hamda ushbu hududlardagi tadbirkorlik subyektlarida.
Yangiliklar
12-Yanvar, 2026-yil
10-Yanvar, 2026-yil
30-Dekabr, 2025-yil