AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASIDA UZILISH BO'LADI
Ertaga, 19-sentabr kuni soat 09:00 dan 20-sentabr kuni soat 09:00 oralig‘ida "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli "Cho‘ponota" podstansiyasining T-1 transformatoridan ta’minlangan 6 kV elektr tarmog‘ida (eski KRUNni demontaj qilish) demontaj ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida "Al-Storis", 399-, 74-, 58- ,113-fiderlari va 35 kV "L-Shohi Zinda-1/2" tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan Samarqand shahridagi Zarafshon, Geologlar, Yuksalish, Bog‘imaydon, Shahriobod, Sharq-1, Sharq yulduzi, Shohi Zinda, (Tazar), Ibn Sino, Sarbon, Sarbadorlar, Qo‘shbaqqolli, Toshkent mahallalarida va boshqa iste'molchilarda (ta'lim muassasalari, O‘zbektrakt ko‘chasida, tadbirkorlik subyektlari, Teleradio uzatish markazi, harbiy qism) elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.