AYNI PAYTDA CHANGSHA SHAHRIDA (XITOY) BUTUNJAHON TURISTIK SHAHARLAR FEDERATSIYASI WTCF SAMMITI OʻZ ISHINI BOSHLADI.
Ushbu sammitda dunyoning 83 davlatidan 159 sayyohlik shahri vakillari ishtirok etmoqda.
2018-yilda Samarqand sammitda ilk bor mehmon sifatida ishtirok etdi va shundan so‘ng WTCF a’zoligiga qabul qilindi.
WTCF sammitida O‘zbekiston Respublikasi, xususan, Samarqand shahri vakili sifatida viloyat hokimining o'rinbosari - viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov ishtirok etmoqda.
Sammitda Samarqandning turizm salohiyati, turistlar uchun yaratilgan sharoitlar va istiqboldagi rejalar taqdimot qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, WTCF 2012-yilda dunyoning taniqli turistik shaharlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan. Bu shaharlarga asoslangan dunyodagi birinchi xalqaro turizm tashkilotidir. Hozirda u nufuzli xalqaro turizm tashkilotiga aylandi.
Yangiliklar
24-Dekabr, 2024-yil
23-Dekabr, 2024-yil