AYNI KUNLARDA PUSAN SHAHAR HOKIMINING MA’MURIY ISHLAR BO‘YICHA O‘RINBOSARI LI DJUN SON BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA SAMARQAND SHAHRIDA BO'LIB TURIBDI.
Avval xabar qilganimizdik, Samarqand va Pusan shaharlari o'rtasida do'stlik va hamkorlik shartnomasi imzolanganligining 1 yilligi munosabati bilan joylarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, "SHarq yulduzi" kinoteatrida "Pusandagi o'yin" filmi tomoshabinlar e'tiboriga havola etilib, mehmonlar tomonidan milliy chiqishlar namoyish etildi va ular uchun qadimiy qadamjolarga sayohat tashkil qilindi.
Eslatib o'tamiz, bugun soat 19:00 va 21:30 da Viloyat musiqali drama teatrida ikki shahar ijodkorlari ishtirokida "Samarqand – Pusan do'stlik konserti" ham bo'lib o'tadi.
Tadbirlar doirasida delegatsiyaning Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashuvi ham belgilangan.
26-Sentabr, 2024-yil 16:48 |