AXBOROT XIZMATI RAHBARLARI JAM BOʻLDI
Ayni paytda Samarqand viloyat Matbuot uyida “Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligi omillari” mavzusidagi oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda.
Tadbirda jurnalistlar va ekspertlar tomonidan shaxsga doir maʼlumotni ruxsatsiz oshkor etganlik uchun belgilangan javobgarlik, tashkilot imidjini yaratishda va inqirozli vaziyatlarda matbuot kotibining professionallik darajasi xususida soʻz yuritilmoqda.
Samarqand viloyat hokimligi, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorlikda oʻtkazilayotgan seminarda yetmishga yaqin tumanlar va shaharlar hokimliklari va korxona-tashkilotlar axborot xizmati rahbarlari ishtirok etmoqda.
Seminarda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi raisi A.Haydarov tomonidan Axborot xizmatlarining bosma nashrlar bilan hamkorligi masalasida muloqoti boʻlib oʻtmoqda.