Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

ASSALOMU ALAYKUM AZIZ YURTDOSHLAR, QADIRLI HAMSHAHARLAR!

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, qadirli hamshaharlar!

Samarqand shahrida tantanavorlik, ko‘tarinkilik kayfiyati bir necha kundan buyon davom etmoqda. Navro‘zi olam kirib kelganligi munosabati bilan qalbimizda bahoriy his-tuyg‘ular uyg‘ondi. 

SHahrimiz o‘zining azaliy va abadiy nufuziga ega ekanligini, bu har qadamda ko‘zga tashlanayotganligini ko‘z oldimizga keltirsak, Samarqand farzandi sifatida qalbimiz faxr va g‘ururga to‘ladi. 

Biz uchun faxr-iftixor timsoli bo‘lgan madaniy-tarixiy yodgorliklarimizni dunyoning to‘rt tarafidan izlab, qo‘msab keladigan sayyohlar oqimi ham kuchayib borayotganligi barchamizning yutug‘imizdir. 

Siz azizlarni, Navro‘z bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman, xonadoningizdan fayzu-baraka arimasin, har kuningiz go‘zal bo‘lsin. 

Navro'z - yangilanish va yasharish bayrami muborak bo'lsin!

Hurmat va ehtirom ila,
Samarqand shahar hokimi
Fazliddin Umarov.

 
 
21-Mart, 2024-yil 16:55 |