ASSALOMU ALAYKUM, AZIZ SAMARQANDLIKLAR HAMDA IJTIMOIY TARMOQ KUZATUVCHILARI !
Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ularning huquq va erkinliklarni kafolatlash, tinchligini ta’minlash yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1 sonli qarorlariga asosan shahrimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat” yo‘llamoqchiman.
Jumladan, 2025 yil yakuni bilan Samarqand shahrida jami 2 548 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, 13,8 foizga (2240/2548) ko‘paygan.
Jinoyatlarning:
– 1160 tasi (45,5 %) oldi olinishi lozim bo‘lgan;
– 874 tasi (34,3 %) aniqlanadigan jinoyatlar;
– 514 tasi (20,2 %) kiber jinoyatlarni tashkil etadi.
- AMT olib qochish 33,3 foizga (9/6);
- o‘lim bilan bog‘liq YTH 23,3 foizga (30/23) kamaygan.
Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar;
- guruxlar 10,3 foizga (87/78);
- muqaddam sudlanganlar 6,2 foizga (81/76) kamaygan.
Shahardagi 215 ta mahallalardan 23 tasi “qizil”, 112 tasi “sariq” va 80 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.
Qizil toifadagi mahallalar: Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Madadkor, Mustaqillik, Siyobcha, Afrosiyob, Ko‘kmasjid, Rasadxona, Bog‘isaroy, M.Bedil, Semurg‘, Terakzor, Uvaysiy, Hazora, Al-Forobiy, Bog‘ichinor, Yoshlar, Ziyolilar, Matonat, Oltin Asr, Sayqal, Yangi Hayrobod, Qorasuv.
Eng ko‘p jinoyat Sayqal (11 ta), Rasadxona (10 ta), Bog‘isaroy (9 ta), Afrosiyob, A.Navoiy (8 tadan) sodir etilgan.
Voyaga yetmaganlar tomonidan – 52,4 foizga (42/64) 22 taga oshgan. shundan; 29 ta o‘g‘rilik, 3 ta talonchilik, 3 ta bezorilik, 2 tadan firibgarlik, transport vositasini olib qochish, 1 tadan qastdan OTJE, bosqinchilik jinoyatlarini sodir etgan.
Shundan; 54 tasi o‘quv maskanlari o‘quvchilari tomonidan (48 tasi maktab va 6 tasi kollej-lisey), 1 tasi ishlamaydigan va o‘qimaydiganlar tomonidan sodir etilgan.
Yoshlar tomonidan – 4 foizga (302/314) 12 taga oshgan. shundan; 57 ta firibgarlik, 50 ta o‘g‘rilik, 16 ta bezorilik, 15 tadan qastdan OTJE, 8 ta nomusga tegish, 6 ta talonchilik, 4 ta transport vositasini olib qochish, 2 ta bosqinchilik jinoyatlarini sodir etgan.
Shundan; 14 tasi Oliy o‘quv yurti talabalari, 17 tasi ishlamaydigan va o‘qimaydiganlar tomonidan sodir etilgan.
Ayollar tomonidan – 26,2 foizga (61/77) 16 taga oshgan. Shundan; 17 ta o‘g‘rilik, 10 ta firibgarlik, 2 tadan qasddan odam o‘ldirish, og‘ir TJE, talonchilik, bezorilik, 1 ta nomusga tegish jinoyatlarini sodir etgan.
Ayollar tomonidan 5 ta o‘ta og‘ir va 15 ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgan.
Ayolarga 870 ta (2024 y. 519 ta) himoya orderlari berilgan.
57 nafar shaxslarga nisbatan MJtKning 2061-moddasi tartibida javobgarlikka tortilgan.
Mast holatda – 10,8 foizga (37/41) 4 taga oshgan. Shundan; 7 ta o‘g‘rilik, 5 ta og‘ir TJE, 4 ta bezorilik, 3 ta talonchilik, 2 ta transport vositasini olib qochish, 1 ta qotillik, jinoyatlarini sodir etgan.
Boshqa shahar-tumandan kelganlar 1396 ta shaxslar, 729 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan, 657 tasi aniqlangan jinoyatlarni sodir etgan.
Samarqand viloyatining boshqa shahar-tumanda yashovchilar 526 ta, boshqa viloyatda yashovchilar 154 ta, horijiy va FBSHlar tomonidan 7 ta, Samarqand shahar mahalliy aholisi 709 ta jinoyatlar sodir etilgan.
Murojaatlar bilan ishlash;
Joriy yil iyul oyi yakuni bilan jami 7665 ta (1 kunda 247,3 tadan) murojaat kelib tushgan bo‘lsa, olib borilgan profilaktik ishlar natijasida avgust oyida iyul oyiga nisbatan 7.484 ta (1 kunda 241,4 tadan) ya’ni 181 taga,
-sentyabr oyida 7.173 ta (1 kunda 239,1 tadan) 311 taga,
-oktyabr oyida 6.891 ta (1 kunda 222,6 tadan) 282 taga,
-noyabr oyida 6.314 ta (1 kunda 203,6 tadan) 577 taga,
-dekabr oyida 6.222 ta (1 kunda 200,7 tadan) 92 taga kamayishiga erishilgan.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish yo‘nalishida;
Samarqand shahrida 20.897 nafar chet el fuqarolari vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yilib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasiga asosan 848 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 45 nafar chet el fuqarolari O‘zbekiston Resupblikasi hududidan chiqarib yuborilgan.
19.28
7 nafar (3.455 nafar voyaga yetmagan fuqarolar nomiga, 15.832 nafar 18 yoshdan katta fuqarolar nomiga) fuqarolarga horijga chiqish pasporti rasmiylashtirilgan.
70.928 nafar (13.049 nafar 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga, 55.074 nafar fuqarolarning biometrik pasporti o‘rniga, 2.805 nafar fuqarolar nomiga boshqa holatlarda) fuqarolar nomiga ID karta rasmiylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasiga asosan 1.599 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Aziz fuqarolar, har birimiz fuqarolik burchini bajarishda birdam bo‘lishimizni so‘rab qolaman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Abdurasul Sulaymonov
Yangiliklar
30-Dekabr, 2025-yil
26-Dekabr, 2025-yil