Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

AMIR TEMUR KO‘CHASINING BIR QISMIDA TRANSPORT HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

Amir Temur ko‘chasining bir qismida transport harakati vaqtincha cheklanadi

Amir Temur ko‘chasining bir qismida transport harakati vaqtincha cheklanadi

“Yangi O‘zbekiston – yoshlar mamlakati!” shiori ostida joriy yilning 21-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Yoshlar festivali hamda 2024-2025-o‘quv yili bitiruvchilari uchun tantanali bitiruv tadbiri va galakonsert bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbirlar davomida jamoat tartibini saqlash va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar hokimi farmoyish qabul qildi. 

Unga ko‘ra bugun, 21-iyun kuni soat 15:00 dan 22:00 ga qadar Amir Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Shohrux Mirzo ko‘chasi chorrahasiga qadar bo‘lgan qismida avtoulov harakati vaqtincha cheklanadi.

 
 
21-Iyun, 2025-yil 11:55 |