AKSARIYAT MUROJAATLAR JOYIDA YECHIMINI TOPMOQDA
Ayni paytda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning Navro‘z mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Qabulda fuqarolardan asosan, tabiiy gaz bosimi, elektr energiyasi, yo‘l, chiqindi hamda moddiy yordam va tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi qator masalalar bo‘yicha murojaat bo‘lmoqda.
Murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida yechimini topyapti va vaqt talab qiladiganlarini tez fursatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma berilyapti.
Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gazga bog‘liq ayrim muammoli murojaatlar mas’ullar tomonidan shu zahoti joyida o'rganilib, bartaraf etildi.
9-Avgust, 2024-yil 11:48 |
Yangiliklar
Shahar Rahbarining Navbatdagi Manzili Ko‘L Mahallasi Bo‘Ldii
25-Mart, 2026-yil
Shahar Rahbari Mingtut Mahallasidagi Muammolarni Joyida O‘Rgandii
25-Mart, 2026-yil