Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH JARAYONLARIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi.

Mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Samarqand shahar hokimligida shahar hokimi Fazliddin Umarov boshchiligida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda ertaga, 15-yanvar sanasidan boshlanadigan ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, ishlarni muvofiqlashtirish va belgilangan vazifalarni aniq rejalashtirib olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, shahardagi mahallalar va tashkilotlar ishchi guruh a’zolariga biriktirilib, ro‘yxatga olish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.

 
 
14-Yanvar, 2026-yil 22:15 |