AFRUZA HAMDAMOVA TANTANALI KUTIB OLINDI
Samarqand shahridagi maktablarning birida tahsil olayotgan o‘n to‘rt yoshli shaxmatchi qiz Afruza Hamdamova Italiyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi chempionatda mamlakatimiz tarixida birinchi bor jahon chempioni bo‘ldi!
Bugun u Samarqand shahrida tantanali kutib olindi. Kunning o‘zida viloyat hokimining chempion qiz bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Hokim Afruza va uning oila a’zolariga minnatdorlik bildirib, qizimizning chempion bo‘lganligi ko‘plab yoshlarimizga motivatsiya berishini hamda yurtimizda sportning shaxmat turi yanada rivojlanishiga o‘ziga xos turtki vazifasini o‘tashini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Afruza Hamdamova bugungi kunda Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinfida tahsil olmoqda.
Yangiliklar
3-Dekabr, 2024-yil
2-Dekabr, 2024-yil