AFRUZA HAMDAMOVA — IKKI KARRA JAHON CHEMPIONI BO‘LDI!!!
Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida Afruza Hamdamova muddatidan oldin chempion bo‘ldi!
U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanaqa natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.
Afruza o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi va jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.
15 yoshli hamyurtimiz bugun ikki karra jahon chempioniga aylandi.
Barakalla, Afruza! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat!
9-Noyabr, 2024-yil 9:18 |
Yangiliklar
Shahar Rahbarining Navbatdagi Manzili Ko‘L Mahallasi Bo‘Ldii
25-Mart, 2026-yil
Shahar Rahbari Mingtut Mahallasidagi Muammolarni Joyida O‘Rgandii
25-Mart, 2026-yil