Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

“AFROSIYOB”NING KATTAQO‘RG‘ON BEKATI TASHKIL ETILADI

“Afrosiyob”ning Kattaqo‘rg‘on bekati tashkil etiladi

 

Bu davlatimiz rahbarining 2024 yil 29 noyabrda qabul qilgan “Samarqand viloyatida investisiya va tadbirkorlik muhitini  yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Samarqand viloyatining tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”da ko‘zda tutilgan.

Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga 2025 yilda “Afrosiyob” poyezdining “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishida Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishini hamda “Samarqand – Kattaqo‘rg‘on” elektr poyezdi yo‘nalishlarini tashkil etish  vazifalari topshirilgan.

Shuningdek, “Bulung‘ur – Samarqand shahri - Juma – Kattaqo‘rg‘on shahri” yo‘nalishida elektr poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Buning uchun zamonaviy poyezd vagonlari olib kelish, oraliq to‘xtash temiryo‘l bekatlari infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan.

 
 
2-Yanvar, 2025-yil 12:06 |