ADIZ BOBOYEV "SAMARQAND SIGARET ZAVODI" FAOLIYATI BILAN TANISHDI

O‘zbekistonda sotiladigan sigaretlarning aksariyat qismi ushbu korxonada ishlab chiqariladi.
Korxona 1997 yilda qurilgan bo‘lib, zamonaviy yuqori texnologiya asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Fabrikaning ishlab chiqarish hajmi va quvvati mahalliy bozorni to‘la qondirib, qo‘shni davlatlarga jahon sifati darajasidagi mahsulotni yetkazib berish imkonini beradi.
Viloyat rahbari ishlab chiqarish syexlarida o‘rnatilgan uskunalar hamda mahsulotlar bilan yaqindan tanishdi. Korxona mas’ullarining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston tamakisi dunyoning 10 dan ziyod mamlakatlariga, xususan, AQSH, Germaniya, Turkiya, Malayziya, Janubiy Afrika, Rossiya mamlakatlariga eksport qilinadi.
Adiz Boboyev korxona faoliyatini takomillashtirish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.
Yangiliklar
3-Mart, 2025-yil
1-Mart, 2025-yil