7-APREL — BUTUNJAHON SALOMATLIK KUNI
1948-yil 7-aprel Sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha assambleyaning Birinchi yigʻilishida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)ga asos solingan.
JSST – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning sogʻliqni saqlash sohasiga ixtisoslashgan nufuzli muassasasi boʻlib, uning tarkibiga hozirda 194 ta aʼzo davlatlar kiradi.
JSSTning joriy nizomi qabul qilingan 1948-yilda Jenevada yigʻilganlar, albatta, sogʻliqni saqlashga oid yirik global masalalarda hamkorlik qilishni maqsad qilgan edi. Oʻshandan boshlab bu sana, shuningdek, Butunjahon salomatlik kuni sifatida nishonlanadi.
Ushbu sananing xalqaro bayram kuni sifatida nishonlanishi, xalqaro hamjamiyat va har bir shaxsni jahondagi mavjud hozirgi dolzarb tibbiy masalalarga eʼtibor qaratishga chorlashni maqsad qiladi. Kishilarni oʻz salomatligiga befarq boʻlmaslikka hamda yaqinlari va jamiyat oldidagi masʼuliyatni anglagan holda ish tutishga chorlaydi.