52-SONLI “SARTEPA MASKANI-ZARAFSHON MAHALLASI” SHAHAR AVTOBUS YO‘NALISHIDAGI TRANSPORT VOSITALARI BELGILANGAN YO‘NALISHGA QAYTDI
Samarqand shahar jamoat transporti tizimining jozibadorligini oshirish, tashuvlarda sifat darajasini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Bosh rejaga asosan yo‘nalishlar bosqichma-bosqich tender tanlovlari asosida Brutto-shartnoma tizimiga o‘tkazib borilmoqda.
Shu kunga qadar So‘g‘diyona maskanida o‘z yo‘nalishini yakunlayotgan 52-sonli “Sartepa maskani-Zarafshon mahallasi” shahar avtobus yo‘nalishi bugun, 15-noyabrdan e’tiboran so‘ngi bekat - Sartepa maskaniga qadar harakatlanadi.
Hurmatli yo‘lovchilar! Samarqand viloyati transport boshqarmasi jamoat transporti foydalanuvchilaridan yo‘lkira haqini to‘lashda naqd puldan voz kechib, elektron to‘lov orqali amalga oshirishlarini so‘rab qoladi.
15-Noyabr, 2024-yil 12:42 |