Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

5182 TA XONADON RK-1 MARKAZIY QOZONXONASI ORQALI ISITILADI

5182 ta xonadon RK-1 markaziy qozonxonasi orqali isitiladi

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov boshchiligida RK-1 markaziy qozonxonasi orqali isitilishi belgilangan xonadonlarga isitish batareyalarini o‘rnatilishiga oid masalalar hududdagi mahalla raislari va bir guruh masʼullar ishtirokida joyida muhokama etildi. Mazkur qozonxona orqali 93 ta ko‘p qavatli uydagi 5182 ta xonadonni markaziy isitish tizimiga ulash belgilangan bo‘lib, bu bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda. Muloqotda markazlashgan isitish tizimining afzalliklariga to‘xtalinib, xonadonlarga isitish batareyalarini o‘rnatilishi aholi uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz va suvdan tejamkor foydalanish hamda barqaror issiqlik muhitini yaratish mumkinligi ta’kidlandi va masʼullarga targ‘ibotni yanada kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 
 
3-Dekabr, 2025-yil 17:34 |