Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

21-OKTABR – "O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN" BILAN BARCHANI TABRIKLADI.

21-oktabr – "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" bilan barchani tabrikladi.

 

Aziz hamshaharlar, qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni bugungi til bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Til – millatning yuragi, qalb ko‘zgusi. U xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini, madaniyati va ruhiyatini o‘zida mujassam etgan muqaddas ne’matdir.

Ajdodlarimiz, xususan, Alisher Navoiy turkiy tilning go‘zalligi va boyligini butun dunyoga namoyon etgan bo‘lsa, jadid ziyolilarimiz uning asrash va rivojlantirishni milliy burch sifatida ko‘rishgan. Bugungi kunda ham bu ezgu an’ana Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “O‘zbek tili milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” ekanini yana bir bor yodga soladi.

Bugun o‘zbek tili nafaqat ish yuritishda, balki ilm, madaniyat va jamiyat taraqqiyotining asosiy ustuniga aylanmoqda.

Barchangizni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin qalbdan tabriklayman!

Fazliddin Umarov,
Samarqand shahar hokimi

 
 
21-Oktabr, 2025-yil 8:30 |