2023-YIL 1-SENTYABRDAN BOSHLAB OʻZBEKISTON VA QIRGʻIZISTON FUQAROLARI ID-KARTA ORQALI IKKI MAMLAKAT CHEGARASINI BEMALOL KESIB O‘TISHI, KIRISHI, CHIQISHI, BO‘LIB TURISHI MUMKIN
Barcha tashkiliy ishlar o’z nihoyasiga yetgan, endi Qirg’iziston chegarasini kesib o’tish uchun “zagranpasport” olish shart emas, shuningdek, hech qanaqa shtamp ham qo’yilmaydi.
Bu ayniqsa So’x, Shohimardon va Cho’ng’ara kabi eksklav hududlarimizdagi yurtdoshlarimizga katta yengillik beradi, endi ular byurokratiyadan qutiladi.
Bu tartib samolyot, poyezd, mashinaga ham o’tadi.
Eslatib o’tamiz, ID-karta orqali chegarani kesib o’tishga ruxsat berish haqida ikki davlat hukumatlari oʻrtasida shu yil 27-yanvarda Kelishuv imzolangan edi.
25-Avgust, 2023-yil 13:53 |