18-OKTABR – “SAMARQAND SHAHRI KUNI” BAYRAMI MUNOSABATI BILAN QATOR TADBIRLAR O‘TKAZILADI

1996-yildan buyon nishonlab kelinayotgan ushbu bayram joriy yilda ham keng miqyosda, yuqori saviyada o‘tkaziladi.
Jumladan, bayram kuni erta tongdan Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovati va duolar o‘qilib, Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkaziladi.
Samarqand shahrining ko‘plab maskanlarida yangi obektlar foydalanishga topshirilishi ham ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, erta tongda “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” shiori ostida Islom Karimov ko‘chasidan Univesitet hiyoboni ko‘chasi bo‘ylab xayriya marafoni bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni Qorasuv massividagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida el suygan san’atkorlar, badiiy jamoalar ishtirokida bayram galakonsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Konsert yakunida mushakbozlik namoyish etilib, samarkandliklar va mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashadi.
Bayram munosabati bilan shu kuni shahardagi muzeylar va tarixiy obidalarga mahalliy tashrif buyuruvchilar uchun kirish mutlaqo bepul bo‘ladi.
Oliy ta’lim muassasalarida “Zakovat” intellektual o‘yini, milliy liboslar ko‘rgazmasi va “Men Samarqand farzandiman” nomli yoshlar aksiyasi ham tashkil etiladi.
Barchangizni ushbu bayram tadbirlariga taklif qilamiz!
18-oktabr – “Samarqand shahri kuni” muborak bo‘lsin!
(Tadbirga o'zgarish va qo'shimchalar kiritilsa bu haqda xabar beriladi)
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati