Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

Kengashga doir yangiliklar

Kengashga doir yangiliklar

Primary tabs

Kengash kotibiyati va partiyalar hamkorlikda ishlaydi
Shahar hokimligida Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati hamda siyosiy partiyalarning shahar kengashlari raislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri F. Ochilov, shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari A. Rahmatullayev va boshqalar mamlakatimiz siyosiy maydonida amalga oshirilayotgan islohotlar, deputatlar va Kengash faoliyati samaradorligini oshirish, undan ko‘zlangan maqsad va belgilangan ustuvor vazifalar haqida fikr yuritishdi.

Jarayonni yanada samarali tashkil etish maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashi hamda siyosiy partiyalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, deputatlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini yanada oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

Asqar BAROTOV

Shahar Kengashi raisi B. Obloqulov boshqargan sessiyada shahar hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i A.Mamatovning Samarqand shaharidagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini o‘zgartirish, yangi mahalla fuqarolar yig‘inlarini tashkil etish to‘g‘risidagi axboroti, Samarqand shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri B.Mamadaliyevning 2020 yil 9 oylik shahar mahalliy byudjet parametrlarining ijrosi, pandemiya davrida byudjet barqarorligini ta’minlash, shaharning salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish, mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirish to‘g‘risidagi axboroti, “Samarqandshahargaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Sh.Usmonovning shaharda tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axboroti, shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori I.Sa’dullayevning O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratilishi hamda mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi to‘g‘risidagi axboroti, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Bobobekovaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli qarori ijrosi yuzasidan axboroti, shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Eshonkulov hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Z. Rahmonovaning shaharda xotin-qizlar va yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasida “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni shakllantirish to‘g‘risidagi axborotlari, Samarqand viloyati yuridik texnikumi va Samarqand veterinariya medisinasi texnikumlarining pandemiya sharoitida o‘quv jarayonini an’anaviy boshlashga tayyorligi holati to‘g‘risidagi axborotlar muhokama qilindi.
Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash natijalariga asosan hudud darajasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.
Dastlab shahar hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i A. Mamatovning Samarqand shaharidagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini o‘zgartirish, yangi mahalla fuqarolar yig‘inlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi axboroti deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Mazkur masala muhokamasida keyingi yillarda shaharda ellikka yaqin ko‘p qavatlt uy-joylar bunyod etilganligi, shaharni yanada kengaytirish, zamonaviy ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha ob’yektlari, xizmat ko‘rsatish va servis nuqtalari qurish ishlari davom etayotganligi hamda aholi sonining o‘sib borishi yangi mahallalar tashkil etish zaruratini yuzaga keltirayotganligi ta’kidlandi. Shu asosda mazkur masala yuzasidan sessiyaning tegishli qarori qabul qilinib, belgilangan me’yorlar asosida shahardagi mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari tarkibidan ajralib chiqayotgan mahalla fuqarolar yig‘inlari va nomi o‘zgartirilgan mahalla fuqarolar yig‘ini tasdiqlandi.
Sessiya qaroriga ko‘ra, shahardagi “Dukchiyon” mahallasi “Dukchiyon” va “Xo‘ja Gʻulom” mahalla fuqarolar yig‘iniga,  “Xo‘jaqishloq” mahallasi “Xo‘jaqishloq” va “Azizon” mahalla fuqarolar yig‘iniga, “Sayhun” mahallasi “Sayhun” va “Charmgari” mahalla fuqarolar yig‘inlariga, “Obod Maskan” mahallasi “Obod Maskan”, “Qorasuv” va Bahodir Yalangto‘sh nomli mahalla fuqarolar yig‘inlariga ajratildi. Yangi tashkil etilgan 5 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hisobiga Samarqand shahridagi mavjud 210 ta mahalla fuqarolar yig‘ini soni 215 ta yetdi.
Shuningdek, sessiya qaroriga muvofiq, shahrimizning “Ustozlar” mahalla fuqarolar yig‘inining nomi o‘zgartirilib, “Chaqar” mahalla fuqarolar yig‘ini, deb qayta nomlandi. 

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokamaqilingach, bildirgan taklif va mulohazalar e’tiborga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuning bilan Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.

XALQ DEPUTATLARI SHAHAR KENGASHINING XX SESSIYASI


2020 yil 30 dekabrda Xalq deputatlari shahar Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 
Sessiyani Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi B. Obloqulov olib bordi. 
Sessiyada deputatlar kun tartibi va ish tartibini tasdiqlagach, shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri B. Mamadaliyev Samarqand shahrining 2021 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida hisobot berdi.  
Shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Eshonqulovning shahardagi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Axborotchi ma’lumotiga ko‘ra 2020 yilda shahardagi oliy o‘quv yurtlarida fan nomzodi va doktori darajasini olish uchun 142 ta ilmiy ish himoya qilingan. Biroq boshqa bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali bironta ham ilmiy himoya amalga oshirilmagan. 
Shundan so‘ng shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi S. Ergashev axborot berdi. Axborotda shaharda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni ijrosi haqidagi amaliy ishlar tahlil qilindi. Korxona va tashkilotlarda qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama etildi. Ta’kidlandiki, 2021 yil 1 yanvardan boshlab hokimlik tizimidagi tashkilotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan rasmiy ish hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ishlar shu asosida tashkil etiladi. 
Deputatlar tomonidan shahardagi arxitektura-qurilish texnikumida o‘quv jarayonini an’anaviy boshlashga tayyorgarlikning borishi, bu borada sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi.  2020-2021 o‘quv yilida dars jarayonlarini an’anaviy tarzda olib borilishi munosabati bilan tayyorgarlik ishlarining borishi yuzasidan ishchi guruhlarning xulosasi muhokama etildi. O‘rganish jarayonida 2021 yilning yanvar oyidan boshlab o‘quv jarayonlari boshlanishiga qadar 27 nafar o‘qituvchining ro‘yxati tanlov asosida shakllantirilganligi, tibbiyot xonalari mavjudligi, ular talab darajasida jihozlanganligi, birlamchi dori vositalari bilan ta’minlanganligi qayd etildi. 
Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi doimiy komissiyalarining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejalari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. 
Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 
Shu bilan Xalq deputatlari shahar Kengashining XX sessiyasi o‘z ishini yakunladi.

Shahar Kengashining XXI sessiyasi
Shahar hokimligida 2021 yil 12 yanvar kuni Xalq deputatlari shahar Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyaga Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi B. Obloqulov raislik qildi.

Sessiya kotibi etib, 27-Temiryo‘lchi saylov okrugidan deputat, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi A. Axtamov saylandi.

Deputatlar sessiya kun tartibi va reglamentini tasdiqladilar.

Kun tartibiga kiritilgan dastlabki masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zosi, SamDU rektori R. Xolmurodovning axboroti tinglandi. Axborotchi o‘z so‘zida mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan muhim vazifalar, muammolar va ularni hal etish yuzasidan belgilanayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr yuritdi.

Ushbu masala yuzasidan deputatlarda B. Rahmonov, M. Bobobekova va boshqalarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Eshonqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 dekabr kuni O‘zbekiston Yoshlar forumidagi ma’ruzasida yoshlarni madaniyat va san’at sohasida oliy ta’lim bilan qamrovini oshirish, hududlarda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yaratish, bu boradagi mamlakat rahbarining 5 ta tashabbusini keng targ‘ib qilishni yo‘lga qo‘yish haqidagi ma’ruzasi muhokama etildi. Ushbu masala doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida muhokama etilgani bois sessiya ishtirokchilari hamda deputatlarning fikr-mulohazalari e’tiborga olindi.

Sessiya kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i I. Hamroyevning Samarqand shahrida transport sohasida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yilda rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Ilhom Ne’matovning shahardagi sektorlar va hududdagi tashkilotlarning aholi murojaatlari va muammolari bilan qanday ishlayotganligi haqidagi axboroti ham deputatlar tomonidan muhokama etildi.

Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan hamda deputatlar va ishtirokchilar tomonidan muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2021 yil 18 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yullagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati to‘g‘risida Samarqand shahar “Geologlar” MFY 22-son musiqa va san’at maktabida mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga 1-Bog‘ibaland saylov okrugidan saylangan deputat B.Nasriyev, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashiga 3-Bog‘imaydon saylov okrugidan saylangan deputat Ochilov Farmon Baxronovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun mohiyati to‘g‘risida maьruza qildi.  Uchrashuvda O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari X.Xodjakulov  va mahalla raislari ishtirok etdi. Uchrashuvda saylovchilar tomonidan bir nechta masalalar og‘zaki hal etildi va ayrim muammolar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

SESSIYAGA TAKLIFINGIZ BORMI?


Tez kunlarda Samarqand shahar hokimligida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Yigirma ikkinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilishi rejalashtirilmoqda:
1. Samarqand shahrida tashkil etilgan sektorlar raxbarlarining 
2020 yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti;
2. Samarqand shahar jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlari raislarining “2020 yil davomida odil sudlov bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida”gi axboroti.
3. Shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i E.Tolliyevning
2020 yil davomida soliq tushumlarini o‘z vaqtida undirilishi hamda prognoz ko‘rsatgichlarini bajarilishiga doir axboroti;
4. Shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori I.Sa’dullayevning 2020 yilda aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti;
5. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash shahar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Z.Raxmanovaning 2020 yilda shaharda “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan manzili chora-tadbirlar dasturi”ning ijrosi to‘g‘risidagi axboroti;
6. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali Samarqand shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi boshlig‘i T.Sultanovning 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti.

Hurmatli fuqarolar agar sizda ushbu masalalar yuzasidan savollar, fikr-mulohaza va takliflar bo‘lsa, 93-347-11-11 telegram raqamiga yozib yuborishingiz yoki 66-233-13-02 telefon raqamiga (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat ertalab 09.00 dan kech soat 18.00 gacha) qo‘ng‘iroq qilib, o‘z munosabatingizni bildirishingiz mumkin.
Siz bergan takliflar, bildirgan fikr-mulohazalaringiz Kengash tomonidan qabul qilinayotgan sessiya qarorlarida albatta o‘z ifodasini topadi.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi.

SESSIYAGA TAKLIFINGIZ BORMI?
02.03.2021 - 10:54


Hurmatli samarqandliklar va shahrimiz mehmonlari!

Tez kunlarda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Unda kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilishi rejalashtirilmoqda:

1. Shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2, 23, 42 va
78-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar ichidan munosibini tanlab olish va tasdiqlash to‘g‘risida;

 2. Shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri B.Mamadaliyevning Samarqand shahar mahalliy byudjetining “2020 yil yakuni bilan yillik ijrosi hamda koronavirus pandemiyasi davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti.

Shuningdek,boshqa masalalar.

Aziz hamshaharlar!

Agar sizda ushbu masalalar yuzasidan savollar, fikr-mulohaza va takliflar bo‘lsa, marhamat 93-347-11-11 telegram raqamiga yozib yuborishingiz yoki 66-233-19-44 telefon raqamiga (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat ertalab 09.00 dan kech soat 18.00 gacha) qo‘ng‘iroq qilib, o‘z munosabatingizni bildirishingiz mumkin.

Siz bergan takliflar, bildirgan fikr-mulohazalaringiz Kengash tomonidan qabul qilinayotgan sessiya qarorlarida albatta o‘z ifodasini topadi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

 
 
22-Aprel, 2022-yil | Ijtimoiy