Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

Hokimlik axborot xizmati

Hokimlik axborot xizmati

Primary tabs

20.11.2019 - 10:28

Shahar hokimligi axborot xizmati

Rahbari: Po‘latov Abdujabbor Sultonmaxmudovich

Manzil: Samarqand shahar hokimligi Abdurahmon Jomiy 59-uy.
Telefon: +998 (94) 242-66-69

Faks:  (66) 233-02-85

HOKIMLIK AXBOROT XIZMATINING ASOSIY XIZMAT VAZIFALARI

Shahar hokimligi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

keng jamoatchilikni shahar hokimligining faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qiladi;

ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantiradi, axborot xabarlarini tarqatadi;

shahar hokimligining rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtiradi va o‘z vaqtida yangilab boradi;

shahar hokimligining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi;

idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozisiyasini tahlil qiladi va ular to‘g‘risida shahar hokimiga axborot beradi;

shahar hokimligining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantiradi va yuritadi..

AXBOROT XIZMATI YUKLANGAN VAZIFALARNI  AMALGA OSHIRISH UCHUN QUYIDAGI FUNKSIYALARNI BAJARADI:

Axborot xizmati oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni shahar hokimligining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi;

shahar hokimligi faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini hamda ommaviy axborot vositalari pozisiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi, shahar hokimligi rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;

OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun shahar hokimligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlaydi;

shahar hokimligining veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi;

shahar hokimligi tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;

shahar hokimligi faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi;

shahar hokimligining faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi.

 
 
21-Aprel, 2022-yil | Ijtimoiy