Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

Samarqand shahar hokimining ma'ruzalari

Samarqand shahar hokimining ma’ruzalari

Primary tabs

Iqtidorli maktab bitiruvchilarini Oltin va Kumushmedallar bilan taqdirlash bo‘yicha Samarqand shahar hokimi B.S.Oblakulovning

MA’RUZASI

Assalomu alaykum!

Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar, aziz o‘quvchilar, hurmatli ota-onalar!

Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan, O‘zbekistonda o‘quvchilarimizning iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktab va lisey bitiruvchilarini oltin medallar bilan taqdirlash tizimini yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu medallar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini a’lo baholarga o‘qigan, o‘zlarining bilim, iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etgan o‘quvchilarga berilmoqda.

Mana, yana bir o‘quv yili ortda qoldi. Sizlarning hayotingizda yangi sahifa ochilib, katta hayotga qadam qo‘ymoqdasiz.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida Xalq ta’limi tizimida katta islohotlar davri boshlandi. Shu bilan birga, hali oldimizda bajarilishi lozim bo‘lgan ulkan vazifalar ko‘p va kelgusida ularni ham bosqichma-bosqich hal etib boramiz.

Bu borada tabiiyki, Siz kabi iqtidorli, izlanuvchan va eng muhimi fidoyi yoshlarimizga tayanamiz. Tabiiyki, Sizdek yoshlarni tarbiyalab voyaga yetishingizda ota-onalaringiz kabi muhim vazifani bajargan ustoz-murabbiylarning xizmatlarini alohida e’tirof etamiz.

Shu o‘rinda ma’lumot uchun aytish mumkinki, bugungi kunda Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufida jami 79 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi va Samarqand davlat universiteti huzuridagi 1 ta aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ularda ta’lim sifati va saradorligini oshirishda yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi dasturilamal bo‘lishi, shubhasiz.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

2019-2020 o‘quv yili yakuniga ko‘ra shahar bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 va 11 sinfni 12 533 nafar o‘quvchi, shundan 6 285 nafari 9 sinfni, 6 248 nafari
11 sinfni tamomladi.

O‘quv yili yakunlariga ko‘ra, 260 nafar 9-sinf bitiruvchilari a’lo darajadagi shahodatnoma olishsa, 11-sinf bitiruvchilaridan 20 nafari kumush va 92 nafari oltin medal bilan taqdirlanadi.

Turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan
10 nafar o‘g‘il-qizlarimiz oliy ta’lim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda imtiyozli asosda kirish huquqiga ega bo‘lishdi.

Aziz bitiruvchilar!

Bugun sizlarning hayotingizda eng unutilmas kun. 11 yil mobaynida bir partada yonma-yon o‘tirgan, bir oila a’zolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlarning har biri o‘zining shaxsiy hayotini qurishga kirishadi.

Kimdir tahsilni oliy o‘quv yurtida davom ettirsa, yana kimdir halol mehnati bilan oilasiga qanot bo‘ladi. Qayerda bo‘lmang maktab partasida olgan ta’lim-tarbiyangiz sizga qo‘l kelishiga, kelgusida ularni yanada mustahkamlab borishingizga umid qilaman.

Men Vatanimiz rivoji uchuno‘z hissangizni qo‘shishingizga aminman. Barchangizga sihat-salomatlik, ish va o‘qishlaringizda kattadan-katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilayman! Mustaqil hayot ostonasiga ilk qadamlaringi muborak bo‘lsin!

E’tiborlaringiz uchun rahamat!

-------------------------------------------------

Samarqand shahar hokimi B.OBLAQULOVning joriy yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini saqlash, uning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatish, karantin sharoitida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga maqsadida qabul qilingan hujjatlar ijrosiga bag‘ishlangan onlayn brifingdagi axboroti

Assalomu alaykum, hurmatli hamshaharlar, ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!

 Barchamiz global ko‘lamda kechayotgan bir tarixiy voqelikning guvohi bo‘lib turibmiz. O‘tgan yilning dekabrida Xitoyda paydo bo‘lgan koronavirus infeksiyasining insoniyat boshiga bunday og‘ir sinovlarni keltirishi kutilmagandi. Juda tez suratda ushbu epidemiya dunyoning deyarli barcha davlatlariga tarqalib, pandemiya darajasiga yetdi.

Boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi yurtimizda ham koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin tadbirlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Shu sababli Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini saqlash, uning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatish, karantin sharoitida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab farmon va qarorlar qabul qilindi. Ushbu huquqiy hujjatlar koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy o‘sish va investisiyaviy faollikni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish sur’atlarini tiklash, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini ko‘paytirish va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 26 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, tibbiyot va qurolli kuchlar oliy o‘quv yurtlari talabalaridan iborat “ko‘ngillilar otryadlari tuzildi, aholining surunkali kasalliklarga chalingan qatlami, 60 yoshdan oshgan aholi orasida hayotiy muhim ehtiyojsiz tashqariga chiqmasligini keng targ‘ib qilish, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlangan oilalar uchun zarur oziq-ovqat, gigiyena va dori vositalarini yetkazib berish ishlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasi (Covid-19)ning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish, hududlarda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar bo‘yicha aholi o‘rtasida epidemik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni tashkillashtirish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus shtab tashkil qilindi.

Samarqand viloyat hokimining 2020 yil 26 martdagi “Viloyatda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash uchun ko‘rilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha vazifalar to‘g‘risida”gi 5-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida karantin davrida sanitariya va karantin tartibi, normalariga hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha Samarqand shahriga kirish va chiqish joylariga vaqtinchalik 25 ta post tashkil qilindi va mazkur postlarga 11 ta oilaviy poliklinika va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasidan tibbiy nazorat uchun mutaxassislar biriktirildi, himoya kiyimi va tana haroratini o‘lchash uchun distansion pirometr bilan ta’minlandi.

Shahar tibbiyot birlashmasi shtabi tarkibidagi maxsus guruhlar tomonidan gumondorlar, ishga kiruvchilar, tana harorati ko‘tarilgan va gemodializga muhtoj fuqarolardan epidemiologik ko‘rsatma va zaruriyat bo‘yicha tahlil uchun surtmalar olish maqsadida birlashma tizimidagi oilaviy poliklinikalar va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi laboratoriya xodimlaridan iborat brigada tuzildi.

Mavsum boshidan buyon 1936  nafar fuqarolar uy karantinidan chiqarildi.

COVID bilan kasallanganlarning birlamchi muloqotdagilari uchun 5 ta observasion punkt va 2020 yil 25 maydan boshlab 13 ta mehmonxonalarda “provizor stasionar”lar tashkil qilindi. Shundan 11 tasida Samarqand shahar tibbiyot birlashmasidan tibbiyot xodimlari biriktirildi. Samarqand shahrida fuqarolarimiz uchun tashkil qilingan observatsiya nazorat punktlari va provizor stasionarlarga birlashma tizimidagi 185 nafar tibbiyot xodimlari jalb qilindi.

Samarqand  shahri  bo‘yicha kasallikka gumon qilingan 34 nafar (5 iyun holati) fuqaro IIB xodimlari va hududiy oilaviy poliklinikalar tomonidan uy karantinida turibdi va ular bilan muloqotda bo‘lgan  qarindoshlari hamda ular bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan 124 nafar fuqarolar bugungi  kunda  14 kunlik kuzatuvda  qolmoqda.

Mavsum boshidan buyon jami oilaviy poliklinikalar tomonidan nazoratga olinib, kuzatuvga turgan fuqarolar 11348 nafarni tashkil qilmoqda. Shulardan 816 nafari 2020 yil 27 martgacha chet eldan kelgan fuqarolar bo‘lib, ularning o‘zlari va muloqotda bo‘lgan fuqarolar oilaviy poliklinikalar tomonidan uy nazoratiga olingan. Bugunga qadar mavsum boshidan buyon  2000  nafarga yaqin fuqarolar uy karantinidan chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrining quyidagi mahallalarida bemorlar ro‘yxatga olingan:

“Nurobod”, “Zarafshon”, Abdurahmon Jomiy nomli, “Adolat”, “Ilgor”, Al Farobiy nomli, “Bahor”, “Bog‘i Temur”, “Bog‘i Shifo”, “Do‘stlik”, “Jo‘yi chuqur”, “Zargartepa”, “Siyobcha, “Ko‘kmasjit”, “Qarshi yo‘li”, Uvaysiy nomli,  “Ko‘kchinor”, “Mash’al”, “O‘rta Xo‘ja Sa’d”, “Said”, “Tadbirkorlar”, Hamid Olimjon nomli, Sa’di Sheroziy nomli, “Shodlik”, “Chorbog‘”, “Cho‘ponota”, “Shukrona”, “Hazora”, “Yangi hayot”, “Yangi Xayrobod”, Gʻiyosiddin Jamshid noli, “Darg‘om”, “Nurafshon”, “Nurli kelajak”, “Guliston”, “Yangi qo‘rg‘on”, Hofiz Sheroziy nomli, Mirzo Ulug‘bek nomli, Mir Said Baraka nomli, “Lolazor”, “Bo‘ston” hamda “Adolat”.

Ushbu mahallalarda hozirgi kunda karantin kuchaytirilgan, hududlarda zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi. 

Samarqand shahrida mavjud 210 ta MFY hududlari, oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, 93 ta XUJM shirkatlaridagi ko‘p qavatli uylar atroflari, kirish yo‘laklari, yerto‘lalari va bolalar maydonchasida profilaktik zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi. Dehqon bozorlari hududlari va savdo rastalari, kasallik o‘choqlari qayd etilgan 158 ta xonadonda, yon-atrofdagi xonadonlar va markaziy ko‘chalarda, 102 ta ma’muriy binolar ichki kismi va hududlarida dezinfeksiya ishlari o‘tkazildi.

  Shahar bo‘yicha 1100 ta yo‘lovchi tashuvchi avtobus, 1730 ta yo‘lovchi tashuvchi taksi, 384 ta yo‘lovchi tashuvchi “Damas” rusumli avtomobillar, 3240 ta  xususiy yengil avtomobillar, 1201 ta yuk mashinalar, 6 ta oliy o‘quv  yurti, 17 ta kollej, 30 ta masjit, 30 ta mehmonxona 75 ta maktab, 58 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 20 ta shifoxona, 139 ta ma’muriy binolar, 178 ta savdo ob’yektilar, 14 ta bozor, 200 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 18 ta ishlab chiqarish korxonalari, 30 ta novvoyxona, 30 ta tarixiy obida, 1124 ta  ko‘p qavatli va 1032 ta hovli, 15 ta yotoqxona hamda  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari kichik mataxassislarni tayyorlash markazining 8 ta binosida zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi.

Samarqand sharidagi “Zarmed” klinikasi va 3-tug‘uruqxonaning reanimatsiya bo‘limida mazkur kasallik aniqlandi va karantinga olinib yopildi. Koronavirus infeksiyasini tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda nodavlat tibbiyot tashkilotlarining laborator diagnostika xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha maxsus komissiya taklifiga asosan STD, «Parizoda», “Gammamed”,  “Neorita” nodavlat tibbiy firmalari jalb etildi. Firmada ishlovchi xodimlar koronavirus infeksiyasiga laborator tekshirilib, Samarqand viloyat SEO markazi tomonidan kiska tayyorgarlikdan o‘tgan va shartnoma asosida xodimlarni shaxsiy gigiyena talablariga kat’iy amal qilgan holda ishlashga ruxsat berilgan.

Fursatdan foydalanib Samarqand shahri aholisiga aytmoqchimanki, karantin cheklovlari yumshatildi degani, kasallik chekindi degani emas. Shuning uchun o‘z kuchida qolgan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishingizni, o‘zingiz, yaqinlaringiz va o‘zgalar salomatligiga befarq bo‘lmasligingizni so‘rayman. Belgilangan cheklovlarga amal qilgan holda ish tutsak, hamjihat bo‘lsak, boshimizga tushgan bugungi sinovli kunlarni, albatta, yengib o‘tamiz.

E’tiboringiz uchun rahmat.

---------------------------------------------------------------------------

Samarqand shahar hokimi B.OBLAQULOVning
joriy yil 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan onlayn brifingdagi axboroti

Assalomu alaykum, hurmatli hamshaharlar, ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!

Bugun jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish keng quloch yoyib, insonlarning faol harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish orqali pandemiyaga qarshi misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda.

Global iqtisodiyotning bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur cheklovlar o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda oldimizda turgan muhim vazifa esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini ko‘rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmasevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.

Bu borada Prezidentimizning 2020 yil 1 maydagi qabul qilgan «Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4700-sonli Qarori muhim dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!

Samarqand shahar hokimligi tomonidan ham koronavirus pandemiyasi davrida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shular hususida qisqacha to‘xtalib o‘tsam.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlarini moliyalashtirish uchun shahar mahalliy byudjetiga bugungacha 1 mlrd. 708 mln. 800 ming so‘m mablag‘ ajratildi.

Ular quyidagi maqsadlar uchun sarflandi:

338 nafar tibbiyot, sanitar-epidemiolog va boshqa xodimlarga oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar uchun 518 mln. 
100 ming so‘m;

300 mln.so‘m karantinga olingan fuqarolarni dori-darmon vositalari bilan ta’minlash uchun, 50 mln.so‘m yumshoq jihozlar (postelnoye belye) bilan ta’minlash uchun, 30 mln.so‘m maxsus avtomashinalarni yoqilg‘i bilan ta’minlash uchun ajratildi.

Bundan tashqari, koronavirus bilani zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’yektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun 351 mln. 700 ming so‘m mablag‘ moliyalashtirilib berildi.

Hurmatli hamshaharlar!

Ayni paytda shaxsan o‘zim boshchiligimda shahardagi sektor rahbarlari hamda boshqa mutassadi tashkilotlar rahbarlarining asosiy vazifasi shahrimizdagi ishsiz fuqarolarimizni doimiy daromadga ega bo‘lgan ish o‘rinlariga joylashtirishdan iborat.

Joriy yilning 1 iyun holatiga shahrimizda 548 ming nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Shundan iqtisodiy faol aholimiz 249 ming nafarni, bandligi ta’minlanganlar esa 225,7 ming nafarni tashkil qilayapti. Ishsizlar soni 23, 280 ming nafar bo‘lib, ishsizlik darajasi 9,3 % ni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, pandemiya sabab 1 223 nafar fuqarolarimiz ishsiz qolib, daromadini yo‘qotganligini alohida ta’kidlash joiz.

“Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida o‘tkazilgan dastlabki inventarizatsiya (aprel oyi) natijalarida Samarqand shahrida 5 ming 500 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila aniqlanib, ularga 2 oy davomida 4,3 mlrd. so‘mlik ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi. Bu ishlarimiz, iyul oyida ham davom etadi.

Olib borilgan ishlar natijasida kambag‘al oila a’zolaridan 4 814 nafarining (60%) bandligi ta’minlandi. Ularning 2 225 nafari (40,2%) vaqtinchalik jamoatchilik ishlariga joylashtirildi. Albatta ushbu fuqarolar keyin doimiy daromadli yangi ish o‘rinlariga joylashtiriladi.

Qolgan 2 589 nafari (60%) vakant hamda yangi ish o‘rinlariga joylashtirildi.

Shu o‘rinda, ta’kidlash kerakki, ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligining saxovat.argos.uz sayti orqali tizimli nazorat qilinmoqda.

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarning e’tiborlaringizni quyidagi raqamlarga qaratmoqchiman.

Bugungi kunda, shaharda yashovchi 113 nafar fuqaroda “Koronavirus” infeksiyasi yuqtirganligi tasdiqlangan bo‘lib, bu bemorlarning barchasi ayni paytda davolanib, sog‘aygan.

Biroq, ular bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan
74 nafar (tadbir boshidan 500 ta xonadon) fuqaro bugungi kunda 14 kunlik kuzatuvda qolmoqda.

Hurmatli hamshaharlar!

Ayni payti Samarqand shahri “sariq hudud” toifasiga kiritilgan. Shu sababli, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq joriy yilning 1 iyuldan boshlab shaharda quyidagi talablar qa’tiy o‘rnatiladi:

buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;

Ertalab soat 07.00 dan kech 23.00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq kishining to‘planishi hamda kechqurun 23.00 dan ertalab 07.00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida odamlarning bo‘lish taqiqlanadi. Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi;

haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

Hurmatli yurtdoshlar! Aziz hamshaharlar!

Bugun shaharda ko‘rilayotgan cheklovlardan iborat mazkur chora-tadbirlar fuqarolarimizning salomatligi va ertangi kunini o‘ylab qilinmoqda.

Buni to‘g‘ri tushungan yurtdoshlarimiz esa o‘zlari va oila a’zolari, yaqinlarining salomatligini o‘ylab, karantin tartib-qoidalarga so‘zsiz amal qilishlari kerak.

E’tiboringiz uchun rahmat!

------------------------------------------------------------------------

Samarqand shahar hokimi B.Oblaqulovning shahar ahli va tadbirkorlarga

MUROJAATI

Assalomu alaykum, aziz samarqandliklar!

Bugungi pandemiya sharoitida, nafaqat shahrimiz yoki mamlakatimiz, balki butun dunyo ahli murakkab vaziyatda qoldi. Koronavirus barcha davlatlarning iqtisodiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Yuzlab, minglab odamlar ushbu xastalikka chalindi va bu ko‘rsatkich kun sayin ortib bormoqda.

Jahon ahlini larzaga solayotgan bunday jarayon, afsuski, bizning respublikamizda, xususan, shahrimizda ham kuzatilmoqda. Biroq, shu qisqa fursat oralig‘ida ozmi-ko‘pmi, o‘z tajribamizga ega bo‘ldik. Karantin sharoitida yashashga, ishlashga ko‘nikdik. Endi siz va bizdan talab qilinayotgani – kundalik hayot tarzimizda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda hayot kechirish, faoliyat yuritishdan iborat.

Bu talablar, aslida, hech birimizga og‘irlik qilmaydi, ya’ni kun davomida qo‘llarimizni sovun bilan tez-tez yuvib turish yoki antiseptik vositalar bilan tozalash, uch kishidan ortiq to‘planmaslik, jamoat joylarida ijtimoiy masofani saqlash, suyuqliklar va immunitetni ko‘taruvchi mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish, bolalar va yoshi ulug‘larni parvarishlashda, ayniqsa, e’tiborli bo‘lish kabi oddiy ko‘rsatmalardan iborat.

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, bugun vaziyat og‘ir va murakkab bo‘lishiga qaramasdan, yurtimizda, jumladan, shahrimizda ham aholining oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda hech qanday to‘siqlar, qiyinchiliklar uchramaydi. Narx-navo doimiy nazoratga olingan.

Shu sabab ortiqcha vahimaga berilmasdan, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz, maxsus komissiyaning qarorlariga qat’iy amal qilishimiz talab etiladi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Xalqimiz azaldan donishmandligi, har qanday sharoitda muhtojlarga e’tibor qaratishi, og‘ir vaziyatlarda bir-biriga kamarbasta bo‘lganligi va odamgarchiligi, sabr-qanoati, xalqparvarligi bois boshiga tushgan qora kunlarni sabot bilan yengib o‘tganligi tarixdan ma’lum. Muqaddas dinimizda el boshiga kelgan kulfatdan o‘z manfaati uchun foydalanish og‘ir gunoh sanaladi.

Aksincha, bunday sharoitda qilingan ehson, ko‘rsatilgan saxovatning ajru savobi yanada ortadi. Bugungi sinovli kunlarda ham bu kabi otameros urf-odatlarimizga sodiq qolaylik.

Aholining tinchligi, farovon hayot kechirishi, eng muhimi, narx-navoning asossiz oshirilishi oqibatida xotirjamligini yo‘qotishiga sababchi bo‘lib qolmaylik. Takror aytaman, oziq-ovqat zaxirasi bizda yetarli: Allohga shukur, yurtimizda ayni pishiqchilik vaqti, saxovatli ona zaminimizda yetishtirilgan meva va sabzavotlar bozorlarimizni to‘ldirib turibdi. Eng muhimi, ichki bozorimizdan ortgan oziq-ovqat mahsulotlari chet davlatlarga ham eksport qilinyapti.

Xullas, oziq-ovqat zaxirasi masalasida barcha choralar ko‘rilgan. Eng muhimi, bozorlardagi narx-navo keng jamoatchilik, shahar hokimligi, shahar prokuraturasi va tegishli sektorlar mas’ullari tomonidan nazoratga olingan.

Qadrli dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchilar!

Pandemiya sharoitida aholining dori-darmonga va tibbiy vositalarga bo‘lgan ehtiyoji har qachongidan ortib bormoqda. Shunday vaziyatda, siz azizlarning ham zimmangizda katta mas’uliyat yuklanmoqda. Dori vositalari narxlarining asossiz ravishda oshishi, aholining ortiqcha sarosimaga tushishining oldini olishda sizlarning ko‘magingizga ehtiyoj sezamiz.

Yurtboshimiz bot-bot ta’kidlayapti, men ham takrorlayman, bugungi kunda dori-darmonga talab qanchalik ortgan bo‘lmasin, yurtimizda dori vositalari tanqisligi bo‘lmaydi. Buning uchun mablag‘imiz, yetarlicha zaxiramiz mavjud.

Agar sizga har qanday ko‘mak, har qanday mablag‘ zarur bo‘lsa, Samarqand shahar hokimligi qo‘llab-quvatlashga, belgilangan tartibda kredit olishingizga yordam berishga tayyor. Bu borada qilinishi kerak bo‘lgan barcha chora-tadbirlar bizning nazoratimizda.

Shunday ekan, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarga o‘xshab xalq boshiga tushgan sinovli kunlardan foydalanib, narx-navoni suniy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘yayotganlar safida bo‘lishdan tiyilaylik. Shu yo‘lni tutayotganlarni insofga chaqiraylik. Bunday yo‘l bilan boylik orttirish Islom dinida qattiq qoralanadi, mamlakatimiz qonunchiligida esa katiy ta’qiqlanganidan ko‘pchilikning xabari bor.

Har bir dorixona, dori-darmon savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilot shahar hokimligi, sektorlar, deputatlar, OAV, keng jamoatchilik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazoratida bo‘lishini alohida ta’kidlamoqchiman. Shuning uchun dori-darmon va tibbiy vositalarni qimmat narxlarda sotib, foyda olish niyatida bo‘lgan ayrim tadbirkorlar bu niyatlaridan voz kechishsin.

Shuni ta’kidlardimki, bugungi sinovli kunlarda har birimiz karantin qoidalariga qatiy rioya qilgan holda vazifamizni sidqidildan ado etsak, fidoyilik namunalarini ko‘rsatsak, koronavirus deb atalmish ko‘rinmas va ayyor yovni, albatta, yengamiz.

E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT!

------------------------------------------------

Samarqand shahar hokimi B. Oblakulovning Samarqand shahar aholisiga murojaati

Assalomu alaykum, hurmatli hamshaharlar!

Bugun ko‘zga ko‘rinmas yov Ona sayyoramizni iskanjaga olmoqda. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus dunyo bo‘ylab tarqalib, pandemiyaga aylanganini e’lon qilganiga ancha bo‘ldi. Shundan buyon butun insoniyat bu ko‘rinmas yovga qarshi karantin qoidalariga rioya qilgan holda kurashmoqda.

Koronovirus infeksiyasi 190 dan ortiq mamlakatni qamrab oldi. Afsuski, bu kasallik mamlakatimizni ham chetlab o‘tmadi. Bu ofatdan xalqimizni asrash maqsadida davlatimiz rahbari boshchiligida ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda. Xususan, kasallik aniqlangan ilk kundan e’tiboran barcha ta’lim va diniy muassasalar faoliyati, xalqaro va ichki jamoat transportlari qatnovi to‘xtatildi. Odamlar gavjum bo‘ladigan joylar vaqtincha yopildi. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha korxona va tashkilotlar xodimlariga ta’til berilib, masofaviy ishlashga o‘tkazildi.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq xabarlar barchamizni birdek xavotirga solmoqda. Ammo, bugun hukumatimiz va tegishli tashkilotlar tomonidan Siz va bizning sog‘ligimiz borasida tizimli ishlar olib borilayapti. Faqat bunday paytlarda barchamizdan vazminlik, mavjud holatni real baholay olish va mutaxassislar tavsiyasiga qat’iy amal qilish talab etiladi. Ushbu kasallikdan aholini ehtiyot qilish choralarini ko‘rish maqsadida mamlakatimizda barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugun dunyo ahlini o‘ziga xos tarzda sinovdan o‘tkazayotgan koronavirus pandemiyasini ortiqcha xavotir va sarosimalarsiz yengib o‘tishga aqlimiz ham, qurbimiz ham, kuchimiz ham yetadi. Bugun barchamiz uyda bo‘lib, farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘illanib, har birimiz o‘zimizga va atrofimizga mas’ul bo‘laylik.

Oilamiz, farzandlarimiz, xalqimiz va jonajon Vatanimiz oldidagi mas’uliyatimizni namoyon qiladigan pallada yashamoqdamiz.

Eng muhimi, bugun davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan koronavirusga qarshi kurashish, bu jarayonda insonlar salomatligini asrash, karantin qoidalariga rioya qilgan holda hayot maromini, iloji boricha, buzmaslik va odamlar qadr-qimmatini hurmat qilish kabi vazifalar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari kechagi yig‘ilishida ham, “Ishontirib aytamanki, koronavirus tarqab ketmasligi uchun davlat barcha choralarni ko‘radi. Ammo shu sinovli damlarda har bir o‘zbekistonlik, har bir idora, jamoatchilik vakillari bir musht bo‘lib harakat qilishimiz kerak. Kasallikni mahallamizga, uyimizga, oilamizga olib kirmaslik uchun eng avvalo o‘zimiz mas’ulmiz” deya ta’kidladi.

Tadbirda qancha ogohlantirish va tushuntirishlarga qaramay, joylarda karantin qoidalarini buzayotgan holatlar sodir etilayotganligi afsus bilan aytib o‘tildi. Bugungi sinovli kunlarda kimning kim ekanligi, uning karantin qoidalariga rioya qilishi, uyda bo‘lishi, farzandlar tarbiyasi bilan shug‘illanishi, kerak bo‘lsa, ko‘chaga zarurat bo‘lmaganda chiqmasligi bilan, avvalo, o‘zi va yaqinlariga bo‘layotgan munosabati bilan belgilanadi.

Hurmatli hamshaharlar!

Sizlarning e’tiborlaringizni quyidagi raqamlarga qaratmoqchiman. Bugungi kunda Samarqand shahri fuqarolarining 280 nafrida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shundan, 239 nafari kasalikdan forig‘ bo‘ldi. Ayni damda 41 nafar bemorlar shahrimizdagi shifoxonalarda davolanishmoqda. Bemorlarning orasila ahvoli o‘ta og‘iri yo‘q.

Samarqand shahrida bemorlarni davolash uchun 7 ta tibbiyot muassasalari hamda 2 ta mehmonxona tayyorlab qo‘yilgan. Bundan tashqari, ta’lim muassalarimizda yana qo‘shimcha ravishda 5 561 ta joy tayyorlab qo‘yildi.

Ayni damda bemor fuqarolarimiz viloyat yuqumli kasaliklar shifoxonasi, viloyat kardologiya dispanserid, viloyat bolalar xirurgiyasi ilmiy markaziga joylashtirilmoqda.

Bundan tashqari, viloyat hokimining topshirig‘iga ko‘ra
1-Tug‘uruq majmuasi ham kasallangan fuqarolarimiz uchun tayyorlab qo‘yildi.

Shuni alohida qayd etishim kerakki, shahar hokimligi tomonidan ham koronavirus kasalligining xalqimiz orasida tarqab ketmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Tegishli tartibda karantin choralarini qo‘llash, shahar hududida blok postlar tashkil etish, odamlar orasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog‘liq ishlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Samarqand shahrida o‘tgan o‘n kun davomida 17 mingdan ziyod aholidan koronavirusga test olindi. Bir kunda kasallikka gumon qilingan fuqarolardan 1700-1800 tagacha test olinmoqda. Bu masalada muammo yo‘q...

Samarqand shahridagi tibbiyot muassasalari, xususan, oilaviy poliklinikalarda aholidan test olish amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Samarqand shahridagi “Rarizoda medical service” xususiy korxonasida ham koronavirusni aniqlash bo‘yicha test olib kelinmoqda. Shuningdek, viloyat SEO markazida pullik xizmat asosida immuna ferment analizi (IFA) tahlillari qondan namuna olinib o‘tkazilmoqda.

Samarqand shahrida bugun 200 ga yaqin dorixona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning barchasida koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan 65 turdagi 2 oylik dori vositalari zaxira qilingan. Bu ishlar tizimli ravishda tashkil etilib, shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Bundan tashqari, viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan 3,2 mlrd. so‘mga COVID-19 infeksiyasini davolashda ishlatiladigan dori vositalari xarid qilindi.

Hurmatli teletomoshabinlar!

Yurtimizda ma’lum muddat karantin qoidalari biroz yumshatilganidan so‘ng ayrim fuqarolarimiz to‘g‘ri xulosa qilishga shoshildi va bemaqsad ko‘chaga chiqishlar ko‘payib ketdi. Oqibatda kasallanganlar soni ham keskin darajada oshdi. Shu va shunga o‘xshash holatlar oqibatida esa respubliika komissiyasining tegishli hujjatlariga muvofiq joriy yilning 10 iyul kunidan 1 avgust kuniga qadar yurtimizda kuchaytirilgan karantin qoidalari qayta joriy etildi. Afsuski, koronavirusga chalinayotgan kasallarning soni oshib borayotgani sababli karantin yana 15 avgustgacha uzaytirildi.

Bu vaziyatda davlatimiz rahbari aholining farovon kun kechirishi, sinovli kunlarda hech kim aziyat chekmasligi va qiynalib turgan xonadonlardan borib xabar olish, ularga yordam berish bo‘yicha bizga vazifalar yuklamoqdalar. Bu sinovli kunlarni yengib o‘tish har birimizning qo‘limizda va karantin talablari aslida hech birimizga og‘irlik qilmaydi.

Ya’ni kun davomida qo‘llarimizni sovun bilan tez-tez yuvib turish yoki antiseptik vositalar bilan tozalash, doimo tibbiy niqobdan foydalanish, uch kishidan ortiq to‘planmaslik, jamoat joylarida ijtimoiy masofani saqlash, suyuqliklar va immunitetni ko‘taruvchi mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish, bolalar va yoshi ulug‘larni parvarishlashda, ayniqsa, e’tiborli bo‘lish kabi oddiy ko‘rsatmalardan iborat. Eng asosiysi, maqsadsiz ko‘chaga chiqmaslikdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib, shunday degandilar: “Biz mamlakatimizda koronavirus aniqlangan kundan boshlab qayta-qayta ta’kidlab kelmoqdamiz: bu juda murakkab sinov va og‘ir kurash bo‘ladi. Butun dunyoda ming-minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘layotgan bunday xatarli ofatga aslo beparvo va yengil qarab bo‘lmaydi”.

Shunday ekan, har birimiz maqsadni aniq qo‘yib harakat qilishimiz va bunday xavfli, ko‘rinmas yovdan tezroq qutilish yo‘llarini qilishimiz kerak. Buning uchun eng avvalo, o‘zimiz bu kaksallikni oilamizga olib kirmaslik yo‘lida kurashmog‘imiz lozim.

Hurmatli hamshaharlar!

E’tiboringizni kasallanish holati bo‘yicha aniq raqamlarga qaratmoqchiman. Bugungi kunda shahrimizda
85 nafar bemor uy sharoitida, 41 nafar bemor tibbiyot muassasalarida davolanmoqda. Bemorlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan 270 nafar fuqaro bugungi kunda 14 kunlik kuzatuvda  qolmoqda. Mavsum boshidan buyon 3000 nafarga yaqin fuqarolar uy karantinidan chiqarildi. Ayni paytgacha koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlarning 239 nafari kasalikdan butkul forig‘ bo‘ldi.

Mavsum boshidan buyon jami oilaviy poliklinikalar tomonidan nazoratga olinib, kuzatuvga turgan fuqarolar 12345 nafarni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda shahrimizda bemorlarni davolash uchun
7 ta tibbiyot muassasasi hamda 2 ta mehmonxona tayyorlab qo‘yilgan. Bundan tashqari, ta’lim muassalarimiz yotoqxonalarida yana qo‘shimcha ravishda 7 200 ta joy tayyorlab qo‘yildi. Bemor fuqarolarimiz viloyat yuqumli kasaliklar shifoxonasi, viloyat kardologiya dispanserida, viloyat bolalar xirurgiyasi ilmiy markaziga joylashtirilmoqda. Shuningdek, 1-tug‘uruq majmuasi ham kasallangan fuqarolar uchun tayyorlab qo‘yildi.

Hurmatli teletomoshabinlar!

Yurtimizda ma’lum muddat karantin qoidalari biroz yumshatilganidan so‘ng ayrim fuqarolarimiz to‘g‘ri xulosa qilishga shoshildi va bemaqsad ko‘chaga chiqishlar ko‘payib ketdi. Oqibatda kasallanganlar soni ham keskin darajada oshdi. Shu va shunga o‘xshash holatlar oqibatida esa respubliika komissiyasining tegishli hujjatlariga muvofiq joriy yilning 10 iyul kunidan 1 avgust kuniga qadar yurtimizda kuchaytirilgan karantin qoidalari qayta joriy etildi. Afsuski, koronavirusga chalinayotgan kasallarning soni oshib borayotgani sababli karantin yana 15 avgustgacha uzaytirildi.

Bu vaziyatda davlatimiz rahbari aholining farovon kun kechirishi, sinovli kunlarda hech kim aziyat chekmasligi va qiynalib turgan xonadonlardan borib xabar olish, ularga yordam berish bo‘yicha bizga vazifalar yuklamoqdalar. Bu sinovli kunlarni yengib o‘tish har birimizning qo‘limizda va karantin talablari aslida hech birimizga og‘irlik qilmaydi.

Ya’ni kun davomida qo‘llarimizni sovun bilan tez-tez yuvib turish yoki antiseptik vositalar bilan tozalash, doimo tibbiy niqobdan foydalanish, uch kishidan ortiq to‘planmaslik, jamoat joylarida ijtimoiy masofani saqlash, suyuqliklar va immunitetni ko‘taruvchi mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish, bolalar va yoshi ulug‘larni parvarishlashda, ayniqsa, e’tiborli bo‘lish kabi oddiy ko‘rsatmalardan iborat. Eng asosiysi, maqsadsiz ko‘chaga chiqmaslikdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib, shunday degandilar: “Biz mamlakatimizda koronavirus aniqlangan kundan boshlab qayta-qayta ta’kidlab kelmoqdamiz: bu juda murakkab sinov va og‘ir kurash bo‘ladi. Butun dunyoda ming-minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘layotgan bunday xatarli ofatga aslo beparvo va yengil qarab bo‘lmaydi”.

Shunday ekan, har birimiz maqsadni aniq qo‘yib harakat qilishimiz va bunday xavfli, ko‘rinmas yovdan tezroq qutilish yo‘llarini qilishimiz kerak. Buning uchun eng avvalo, o‘zimiz bu kaksallikni oilamizga olib kirmaslik yo‘lida kurashmog‘imiz lozim.

Hurmatli hamshaharlar!

E’tiboringizni kasallanish holati bo‘yicha aniq raqamlarga qaratmoqchiman. Bugungi kunda shahrimizda
85 nafar bemor uy sharoitida, 41 nafar bemor tibbiyot muassasalarida davolanmoqda. Bemorlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan 270 nafar fuqaro bugungi kunda 14 kunlik kuzatuvda  qolmoqda. Mavsum boshidan buyon 3000 nafarga yaqin fuqarolar uy karantinidan chiqarildi. Ayni paytgacha koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlarning 239 nafari kasalikdan butkul forig‘ bo‘ldi.

Mavsum boshidan buyon jami oilaviy poliklinikalar tomonidan nazoratga olinib, kuzatuvga turgan fuqarolar 12345 nafarni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda shahrimizda bemorlarni davolash uchun
7 ta tibbiyot muassasasi hamda 2 ta mehmonxona tayyorlab qo‘yilgan. Bundan tashqari, ta’lim muassalarimiz yotoqxonalarida yana qo‘shimcha ravishda 7 200 ta joy tayyorlab qo‘yildi. Bemor fuqarolarimiz viloyat yuqumli kasaliklar shifoxonasi, viloyat kardologiya dispanserida, viloyat bolalar xirurgiyasi ilmiy markaziga joylashtirilmoqda. Shuningdek, 1-tug‘uruq majmuasi ham kasallangan fuqarolar uchun tayyorlab qo‘yildi.

Kasallik aniqlangan kishilar koronavirus infeksiyasini qanday yuqtirib olganligi va ular bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlash uchun epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Fuqarolar o‘rtasida COVID-19 kasalligi aniqlangan va ular bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan 520 ta xonadonda yakunlovchi dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.

Samarqand shahar hokimligi tomonidan pandemiyaning aholi orasida ko‘payib ketmasligi uchun barcha choralar ko‘rilyapti.

Tegishli tartibda karantin choralarini qo‘llash, shahar hududida blok postlar tashkil etish, odamlar orasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog‘liq ishlar muantazam tashkil etilmoqda.

Shuningdek, kasallik qayd qilingan mahallalarda odamlar ko‘p to‘planishi mumkin bo‘lgan joylarda muntazam dezinfeksiya va boshqa profilaktik tadbirlar olib borilyapti.

Bir kunda kasallikka gumon qilingan fuqarolardan 2000 tagacha koronavirusga test olinayotgan bo‘lsa, hozirgi paytgacha shahrimizda istiqomat qiluvchi 20 mingga yaqin aholidan test olindi va bu borada muammolar bo‘lgani yo‘q.

Hozirgi paytda shahrimizda belgilangan tibbiyot muassasalari, xususan, oilaviy poliklinikalarda aholidan test olish amalga oshirilmoqda.

Hurmatli hamshaharlar!

Shahrimizda bugun 200 ga yaqin dorixona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularda 65 turdagi 2 oylik koronavirusga qarshi qo‘llaniladigan dori vositalari zaxirasi mavjud. Dori vositalarining narxini Samarqand shahar prokurori, 2-sektor rahbari muntazam nazorat qilib turibdi. O‘ylaymizki bu borada ham albatta, bizda muammolar kelib chiqmaydi va tadbirkorlarimiz tomonidan dori-darmonlarning narxi sun’iy ravishda oshirilmaydi. Bu bo‘yicha tadbirkorlarga qilgan murojaatimda ham tegishli tartibda tushunchalar bergandim.

Shu kunga qadar viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan 3,2 milliard so‘mga COVID-19 infeksiyasini davolashda ishlatiladigan dori vositalari xarid qilindi. 13 ta dori savdosi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar tomonidan 1 avgustga qadar 30 milliard so‘mga yaqin viloyat zaxirasi uchun dori vositalari olib kelindi.

Yaqinda dori savdosi bilan faoliyat olib boradigan tadbirkorlarga qilgan murojaatimdan so‘ng bir guruh mas’ullar ishtirokida ulgurji dorixona rahbarlari bilan ham uchrashdik. Ularga pandemiya davrida zarur bo‘lgan dorilarning narxini sun’iy ravishda oshirmaslik va dorilarni ayrim firibgarlarning qo‘liga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushunchalar berdik. O‘ylaymizki, shunday og‘ir, yurt va xalq boshiga tushgan sinovli kunlarda tadbirkorlarimiz ham biz bilan yonma-yon turib, ko‘rinmas bu yovni yengishda birgalikda kurashishadi.

Hurmatli teletomoshabinlar!

Samarqand shahri aholisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun “103” tez tibbiy yordam chaqiruvlarini qabul qilish markazining moddiy-texnik bazasi kuchaytirilib, murojaat qilgan har bir abonentning qo‘ng‘irog‘i kompyuter xotirasiga saqlanib qolish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Qolaversa, dispecherlar soni ham 4-5 barobarga oshirildi. Shuningdek, aholidan tushayotgan har bir savolga javob berish uchun viloyat bo‘yicha 1105 qisqa raqamli 24 soat ishlaydigan Sall-center faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yana bir narsani ta’kidlashni istardimki, karantin boshlangandan buyon 29 ta “Damas” va 10 ta “UAZ” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinalari xarid qilindi va shahar aholisi uchun 53 ta tez tibbiy yordam mashinasi xizmat ko‘rsatmoqda. Ularning sonini yanada ko‘paytirish rejamizda bor. Shu bilan birga, aholiga yanada yaxshi xizmat ko‘rsatish maqsadida shahrimizdagi 11 ta oilaviy poliklinikalar tomonidan o‘z hududida patronaj tibbiy xizmati uchun har bir oilaviy poliklinikaga 2 tadan yengil avtomashina ajratilib, tibbiyot xodimlaridan tarkib topgan 22 ta “Mobil guruh” xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Fursatdan foydalanib Samarqand shahri aholisiga yana bir bor aytmoqchimanki, karantin qoidalariga qat’iy amal qiling. Bu orqali esa o‘zingiz, yaqinlaringiz va o‘zgalar salomatligiga befarq bo‘lmagan bo‘lasiz. Belgilangan cheklovlarga amal qilgan holda ish tutsak, hamjihat bo‘lsak, boshimizga tushgan bugungi sinovli kunlarni, albatta, yengib o‘tamiz.

E’tiboringiz uchun rahmat.

---------------------------------------------------------------

Samarqand shahar hokimi B.OBLAQULOVning Koronavirus pandemiyasi davrida shaharda amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi rejalar bo‘yicha

onlayn brifingdagi

MA’RUZASI

Assalomu alaykum hurmatli tomoshabinlar, aziz hamshaharlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!

Barchangizga ma’lumki, ayni paytda butun dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizda, jumladan, shahrimizda ham pandemiya, deb atalgan umumjahon kasalligiga qarshi kurash qizg‘in davom etmoqda.

Bu baloga qarshi butun xalqimiz, hukumat va davlat muassasalari xodimlari birgalikda kurash olib borayotganligi tufayli yurtimizda tojdorvirusga qarshi kurashning dunyo amaliyotida yangilik hisoblangan yangi usullari qo‘llanila boshlandi.

Butun dunyoda ushbu baloga qarshi kurash ketayotgan bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti, hukumatimiz, viloyat hokimligi, shahar hokimligi ham belgilangan tadbirlar asosida aholini ijtimoiy muhofazaga olish, karantin tizimiga to‘liq rioya etish chora-tadbirlari yuzasidan tegishli huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab har bir tadbirni moliyalashtirish tizimi ishlab chiqilgan. Masalan, shahrimiz uchun 2020 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, 2 milliard 98 million so‘m mablag‘ ajratilib, ular tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlandi. Jumladan, tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xodimlarga har birining oylik maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar uchun jami 336 nafar xodimga 651 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ajratilgan mablag‘larning 297 million so‘mi 92 nafar vrachlarga, 293 million so‘mi 190 nafar o‘rta tibbiy xodimlarga, 62 million so‘mi 47 nafar kichik tibbiy xodimlarga hamda 9 million so‘mi shu jabhada xizmat ko‘rsatayotgan boshqa xodimlarga tarqatildi.

Bundan tashqari, karantinga olingan fuqarolarni dori-darmon vositalari bilan ta’minlash uchun 300 million so‘m, boshqa xarajatlar uchun jami 400 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

Aziz yurtdoshlar!

Prezidentimizning 2020 yil 3 apreldagi 5978-sonli farmoniga asosan joriy yilning mart-iyun oylarida bolalari bo‘lgan oilalarga, bola parvarishi bilan bog‘liq nafaqa va moddiy yordamni yangi muddatda davom ettirish, bunda shaxsiy ariza boshqa hujjatlarni talab etmagan holda yana olti oyga uzaytirish ko‘zda tutilgan edi. Shu maqsadda shahrimizdagi 731 ta oilaga 303,5 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ayni paytda bu ajratilgan mablag‘lar 14 yoshga to‘lmagan farzandlari bor 114 ta, ikki yoshga to‘lmagan farzandi bor 291 ta, shuningdek moddiy yordamlar nafaqasini to‘lash uchun 301 ta oilaga to‘lab berildi.

Prezidentimizning shu yil 19 martdagi 5969-sonli farmonida mamlakatimizda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oluvchilarning soni o‘n foizga oshishi kutilayotganligi va uning ijrosida shahrimizda 420 ta oilaga 181,5 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatish belgilangan edi. Ushbu moddiy yordam ham 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bor, ikki yoshga to‘lmagan farzandlari mavjud oilalar hamda moddiy yordam tariqasida aholiga oshkoralik, shaffoflik ruhida taqsimlab berildi. Ushbu nafaqa mablag‘larini taqsimlashda mahalla, hokimliklar vakillari, jamoat tashkilotlari ishtirokida amalga oshirildi.

Hozirgacha shahrimizdagi 210 ta mahalladan 1348 ta oila o‘ta ehtiyojmandlar ro‘yxatiga kiritilib, ularning har biriga 1 million so‘mdan ortiq jami 1 milliard 348 million  so‘m yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, amaldagi yilning iyul-sentyabr oylarida bolali oilalarga va bolasi parvarishi bilan bog‘liq oilalar uchun amaldagi nafaqa va moddiy yordamlar to‘lash tartibi 6 oygacha uzaytirildi. Bunday imkoniyatdan shahrimizda 802 nafar oila bahramand bo‘lib, ularga 344,7 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mamlakatimiz Prezidenti hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosat va uning amaliy ijrosi ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy jihatdan muhofaza etishga qaratilgandir.

Shu maqsadda yuqoridagi farmonning 3-bandiga binoan shahrimizda 14 yoshgacha hamda ikki yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun moddiy yordam oluvchi oilalar soni 2 baravar oshishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘ylab topilgan raqam emas, balki uyma-uy, ko‘chama-ko‘cha, mahallama-mahalla yurib, ehtiyojmandlarni aniqlash, ularning ijtimoiy ahvolini o‘rganish natijasida kelgan amaliy xulosalarimizdir. Shuning natijasida 2 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan band bo‘lgan onalar soni bugungi kunda 1670 nafardan, 2018 nafarga yetishi mo‘ljallanmoqda.

Bularning hammasi moddiy xarajat. Albatta, xarajat davlat hisobidan bo‘lishini hisobga olsak, mamlakatimizda ijtimoiy siyosatning naqadar aniqlik bilan olib borilayotganligiga guvoh bo‘lasiz.

Pandemiya sharoitida har bir kishi, har bir oila moddiy yordamga muhtojligini yashira olmaymiz.

Hozirgacha ijtimoiy himoya va yordamga muhtoj oilalar a’zolarining har biriga 220 ming so‘mdan bir martalik yordam ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolarning ro‘yxati shakllantirilmoqda. Aminmanki, bunday ijtimoiy ko‘mak — e’tibordan yordamga muhtoj hech kim chetda qolmaydi. Bu pul mablag‘lari shahrimizda yashovchi fuqarolar uchun AT “Xalq banki”ning “Bog‘ishamol” filiali tomonidan 5-13 avgust kunlari - 9 kun ichida tarqatish yuzasidan aniq tadbir belgilangan.

Muhtaram hamshaharlar!

Pandemiya sharoitida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash ham mamlakat iqtisodiy quvvatini mustahkamlashning aniq tadbirlaridan biridir. Shu munosabat bilan Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini har taraflama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilanmoqda.

Birgina shahrimizda soliq imtiyozlari va qo‘shimcha preferensiyalarga shunchalik ko‘p tadbirkorlik sub’yektlari bevosita hukumat tomonidan jalb etildiki, ayrimlari qo‘shimcha huquq va imtiyozlarga ega ekanliklarini ham bilishmas ekan.

Masalan, shahrimiz bo‘yicha 189 ta korxonaning jami 3,6 milliard so‘mlik soliq to‘lovlari to‘lov muddati kechiktirildi. 418 ta korxona 4,1 milliard so‘mlik soliqdan ozod qilindi. 113 ta korxonaning 1 milliard so‘mlik yer va mulk soliqlari hisobdan chiqarildi. Bundan tashqari, 5200 ta korxonaning 11,8 milliard so‘mlik soliq qarzini undirish bo‘yicha inkassatsi

Bexato, [10.07.2024 21:51]
ya to‘lov topshiriqnomalari qaytarildi. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar, turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun ham yirik miqdordagi chegirmalar joriy etildi.

Bexato, [10.07.2024 21:51]
Agar ana shu chegirmalarni ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, deyarli har bir jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritayotgan tadbirkor uchun faoliyat hajmiga qarab 3-6,9 million so‘mgacha chegirmalar joriy etilganligi tadbirkorlar uchun yaratilgan katta imkoniyat emasmi.

Mana shulardan ko‘rinib turibdiki, bugungi pandemiya sharoitida ham davlatimiz tomonidan tadbirkorlarimiz qo‘llab quvvatlanmoqda. Ularning erkin faoliyat olib borishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilinmoqda. Bu islohotlardan ko‘zlangan maqsad tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yurtdoshlarimizni ish bilan ta’minlash, oilalar faravonligini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini oshirishdir.

Axborotim tugadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

 
 
21-Aprel, 2022-yil | Ijtimoiy