TABIIY GAZ TA’MINOTIDA AYRIM JOYLARDA UZILISH BO‘LADI
Samarqand shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va bu orqali aholi xonadonlarida tabiiy gaz bosimini yaxshilash maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, ertaga, 3-oktabr kuni soat 08:00 dan shu kuni soat 18:00 ga qadar Samarqand shahrining quyidagi mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
Davlatshoh Samarqandiy;
Xo‘ja Abdu Darun;
Mo‘liyoni poyon;
Sadriddin Ayniy;
Xalifa Ibrohim;
Gʻofur Gʻulom;
Qo‘shchinor;
Bog‘i Mirzo;
O‘zbekiston;
Toshkandiy;
Rasadxona;
Gala Osiyo;
Ibn Sino;
Fidoyilar;
Mo‘liyon;
Konigil;
Sharq;
Jomiy;
Barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan gaz jihozlaridagi jo‘mraklarni o‘chirib qo‘yishlari va ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
2-Oktabr, 2024-yil 16:55 |