Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

YANGI ICHIMLIK SUVI TARMOG‘I ISHGA TUSHADI

Yangi ichimlik suvi tarmog‘i ishga tushadi

Samarqand shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda «Suv ta’minoti va kanalizasiya ob’yektlari qurilishi bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, Alisher Navoiy shoxko‘chasi bo‘ylab Chuquryo‘l ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 1918 metr masofaga yer ostidan quvurlar tashlanib kelinmoqda. 


 Ikki oy davomida yer ostidan 1600 metr suv tarmog‘i quvurlari yotqizildi.Ob’yektda 10 nafar ishchi 8 ta maxsus texnikalar yordamida kuniga 30 metrgacha yer qazib quvurlarni montaj qilish ishlarini olib borilmoqda. 


Turkiyaning “Sensu” qurilish kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur ob’yekt joriy yilning 15 apreligacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.


Shu munosabat bilan ishlar olib borilayotgan ko‘chalarning ayrim qismilarida vaqti-vaqti bilan transport vositalarining harakati cheklanadi.

 
 
14-Aprel, 2023-yil 11:20 |