Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

"XITOY TILI XONASI"NING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

"Xitoy tili xonasi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari angentligi tizimidagi 
Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Xitoy tili xonasi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Orif Hayitov va bir guruh soha mutaxassislari ishtirok etdi va o‘quvchi-yoshlarning kelgusidagi o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.


" Xitoy tili xonasi" Xitoy tili va madaniyati, xitoy tajribasini mukammal orgatish maqsadida Samarqand davlat chet tillari instituti qoshidagi Konfutsiy instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur maktab-internati Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 apreldagi PF-106-sonli «Prezident talim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish to'g'risida»gi farmoniga muvofiq 2022 yil sentyabr oyidan o'z faoliyatini boshlagan.

Maktab-internati 300 oringa mo‘ljallangan bolib, oshxona, yotoqxona, sport maydonlari hamda zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta'minlangan va o‘quvchilar 5 mahal davlat tomonidan bepul ovqat bilan ta'minlanadi. Hozirda talim muassasasida 5-11-sinflarda 253 nafar oquvchi tahsil olishadi. 

Maktab-internati aniq fanlarga va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bolib, aniq fanlar yo‘nalishida matematika, fizika va ingliz tili fani hamda tabiiy fanlar yo‘nalishida biologiya, kimyo va ingliz tili fani chuqurlashtirib o‘tiladi. O‘quvchilarga 30 dan oshiq tajribali pedagog-xodimlar ta'lim berib kelishmoqda.

Shuningdek, xitoy va o‘zbek o‘quvchi hamda o‘qituvchilar bilan o‘zaro almashinuvni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchi o‘quvchilarga Xitoy oliy o‘quv yurtlarida grantlarni qo‘lga kiritish maqsadida 2023-yil 26-may kuni Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan 2 ta ixtisoslashtirilgan maktab bilan memorandum imzolash rejalashtirilgan.

 
 
24-May, 2023-yil 9:13 |