Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

TOLLIYEV ELYOR MUSURMANOVICH SAMARQAND VILOYATI, URGUT TUMANI SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I ETIB TAYINLANDI

Tolliyev Elyor Musurmanovich Samarqand viloyati, Urgut tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi

Elyor Tolliyev 1983-yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2004-yil Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini iqtisodiyot (bakalavriat), 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini davlat boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.

Elyor Tolliyev davlat soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2005-yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va deklaratsiyalashtirish sho'basi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand shahar soliq inspeksiyasi  boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.

E.Tolliev soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

 
 
6-Sentabr, 2023-yil 20:30 |