SEKTOR RAHBARLARI BOZORDAGI NARX-NAVO VA BOSHQA MUAMMOLARNI O‘RGANDI
Samarqand shahridagi sektor rahbarlari "Siyob dehqon bozori"da bo‘lib, u yerdagi narx-navolar bilan tanishdi. Shu bilan birga, bozorda fuqarolar va xorijiy sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bozorning antisanitar holati, obodonlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar ham o‘rganildi.
Shuningdek, narxlaning sun’iy tarzda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, bozorga kelib-ketuvchilar uchun barcha sharoitlarni yaratgan holda toza va ozoda saqlash masalalariga to‘xtalindi.
Obodonlashtirish va antisanitar holatlar bilan bog‘liq muammolarni esa tez fursatda tartibga olish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.
3-Avgust, 2023-yil 12:08 |
Yangiliklar
Noqonuniy O‘Rnatilgan Reklamalar Olindii
6-May, 2024-yil
1 Май - "Фавворалар Сайли"...i
1-May, 2024-yil