Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

"SAXOVAT UYI"DAGI OTAXON VA ONAXONLARDAN XABAR OLINDI

"Saxovat uyi"dagi otaxon va onaxonlardan xabar olindi

Samarqand shahridagi 27-maktab o‘quvchilari ustozlari boshchiligida "Saxovat uyi”dagi keksalar holidan xabar oldi.

Bunda chuqur ma’no bor, albatta. Chunki mehrga muhtojlarga mehr ulashish, keksalarni e’zozlash, ularga izzat-hurmat ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy milliy qadriyatlarimizdan. Qolaversa, ko‘pni ko‘rgan nuroniylar duolarini olish — eng ezgu ishlardan sanaladi.

O‘quvchilar tomonidan  ko‘rsatilgan e’tibor  ko‘ngli o‘ksik qalb egalarini xushnud qildi. Mehrga tashna bo‘lgan qariyalar ko‘zidagi quvonch o‘quvchi-yoshlarni ham xursand qildi.

 
 
27-Yanvar, 2024-yil 23:19 |