Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQANDLIK O'QUVCHI SHAXMAT BOYICHA AYOLLAR O‘RTASIDA ILK JAHON CHEMPIONI BO‘LDI

SAMARQANDLIK O'QUVCHI SHAXMAT BOYICHA AYOLLAR O‘RTASIDA ILK JAHON CHEMPIONI BO‘LDI

Italiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida Samarqand shahridagi 42-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Afruza Hamdamova muddatidan avval JAHON CHEMPIONI bo‘ldi.

Oxirgi turda qanday natija bo‘lishidan qat’iy nazar Afruza chempionga aylanadi, chunki unga yetib olishi mumkin bo‘lgan yagona ra’qibchisi — qozog‘istonlik shaxmatchini o‘zaro o‘yinda mag‘lub etgan. Musobaqa nizomiga ko‘ra, ochkolar teng kelib qolsa, o‘zaro o‘yinga qaraladi.

 
 
24-Noyabr, 2023-yil 12:35 |