Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

“SAMARQAND SUV TA’MINOTI” SHAHAR FILIALIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI

“Samarqand suv ta’minoti” shahar filialiga yangi rahbar tayinlandi

 

Samarqand shahar hokimligi majlislar zalida “Samarqand suv ta’minoti ” AJ Samarqand shahar filialining yangi rahbari tanishtirildi.

“Samarqand suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati direktorining tegishli buyrug‘iga asosan, Ollanov Ulug‘bek Sirlibayevich “Samarqand suv ta’minoti ” AJ Samarqand shahar filiali bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi.

U.Ollanov tayinlovga qadar Payariq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 
 
12-Mart, 2024-yil 14:02 |