Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRI KUNI QUTLUGʻ BO‘LSIN!

SAMARQAND SHAHRI KUNI QUTLUGʻ BO‘LSIN!

Assalomu alaykum, hurmatli hamshaharlar va aziz shahrimiz mehmonlari!

Sizlarni 18 oktyabr – "Samarqand shahri kuni" bayrami bilan samimiy qutlayman. Go‘zal shahrimiz biz samarqandliklarning mehru-muhabbati bilan yer yuzining sayqali sifatida kundan-kun chiroy ochmoqda. 

Ilm-fan, madaniyat va san’at, savdo va hunarmandchilik markazi sifatida qadimiy an’analarga sodiq qolgan holda bugun ham Samarqand dunyo ahlini hayratga solib, o‘z bag‘riga chorlamoqda. 

Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bu betakror kent dunyo ahlini bir yerga jamlab, ona sayyoramizda tinchlik-totuvlikni ta’minlovchi shaharlar qatorida ekani barchani quvontiradi. 

Betakror shahrimiz ayyomi barchangizga muborak bo‘lsin!

Fazliddin UMAROV, Samarqand shahar hokimi.

 
 
18-Oktabr, 2023-yil 8:36 |