Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHAR IIO FMB TOMONIDAN YOSHLAR BILAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Samarqand shahar IIO FMB tomonidan yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar

 

Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i polkovnik IIbragimovga biriktirilgan 92 nafar yoshlar va 100 nafar probatsiya nazoratiga olingan yoshlar bilan Samarqand shahridagi Monomarkazda uchrashuv o‘tkazildi. 

Tadbir davomida yoshlar “Mono” markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, bu yerda 40 turdagi kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishi ma’lum qilindi. 

Shundan so‘ng, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish maqsadida Samarqand shahrida joylashgan Sharq Yulduzi kinoteatrida “Tutqun” nomli kinofilm namoyish etildi. 

Shuningdek, “Afrosiyob” davlat muzeyiga sayohat uyushtirilib, yoshlarga qadimiy va hamisha navqiron Samarqand tarixini aks ettiradigan arxeologik fakt va detallar namoyish etildi.

 
 
22-Fevral, 2024-yil 19:13 |