Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: PIYODALAR UCHUN MO‘LJALLANGAN YO‘LNI KESIB O‘TGAN GAZ QUVURINING JOYI O‘ZGARTIRILDI

Munosabat: Piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘lni kesib o‘tgan gaz quvurining joyi o‘zgartirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri Sartepo maskanida qurilganiga ko‘p bo‘lmagan piyodalar yurish yo‘lida gaz quvuri mavjudligi va bu fuqarolarning harakatiga ta’sir qilayotgani haqida xabar tarqaldi. 


Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, xabarda aytilgan holat mas’ullar ishtirokida tezda joyiga borib o‘rganildi. 


Mutasaddilarning aytishicha, piyodalar yo‘lidan o‘tgan gaz quvurini boshqa joyga ko‘chirish uchun hududdagi bir nechta xonadaonlar gaz tarmog‘idan vaqtincha uzilishi va bu aholiga noqulayliklar olib kelishi uchun holat vaqtincha o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. 


Shu vaqtning o‘zida mavjud muammoni bartaraf etish ishlari boshlab yuborildi va ayni paytda holat to‘liq bartaraf etib bo‘lindi.

 
 
15-Avgust, 2023-yil 17:24 |