Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

HOKIM OTA-ONA QARAMOGʻIDAN MAHRUM BO‘LGAN YOSHLARGA UY KALITLARINI TOPSHIRDI

HOKIM OTA-ONA QARAMOGʻIDAN MAHRUM BO‘LGAN YOSHLARGA UY KALITLARINI TOPSHIRDI

Keyingi yillarda Respublikamizda boquvchisini yo‘qotgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga e’tibor yanada kuchayib, xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ularni Davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlanishi ushbu islohotlarning amaliy natijasidir.

Bugun Samarqand shahar hokimligida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga uy-joy kalitlarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar hokimi Fazliddin Umarov ishtirok etib, bu kabi yoshlar doimo Davlat rahbari boshchiligida barcha ma’sullarning e’tiborida bo‘lishlari, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishlarini bildirdi.

 
 
17-Noyabr, 2023-yil 21:19 |