Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

BUGUN XALQARO NOGIRONLAR KUNI

Bugun Xalqaro nogironlar kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni sifatida dunyo boʻylab nishonlanadi.

Uning maqsadi - jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishdan iborat.

Maʼlumotlarga koʻra, hozirgi kunda Yer shari aholisining 1,1 milliard nafarini keksa avlod vakillari, 1  milliard nafarini esa nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil etadi. Yurtimizda nafaqadagi yurtdoshlarimiz soni 3,5 million, nogironligi boʻlgan shaxslar esa qariyb 1 million nafarga teng.

 
 
3-Dekabr, 2023-yil 21:05 |