Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

“YUKSALISH” HARAKATI XALQARO TASHKILOT SIFATIDA RO‘YXATDAN O‘TDI

“Yuksalish” harakati xalqaro tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Harakat O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish uchun fuqarolar, davlat va jamoat arboblari, akademik doiralar, biznes hamjamiyati, NNTlar vakillari, xorijdagi vatandoshlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirishni maqsad qilgan.

Bugungacha Harakat tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mustaqil ekspertlari platformasi, mintaqa NNTlarining birinchi akademiyasi tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston hamda Turkiyaning ikkita shahri "qardosh shaharlar" maqomiga ega bo‘ldi.

2024-yildan "Yuksalish" harakati xalqaro tashkilot sifatida mintaqa va rivojlangan mamlakatlardagi jamoat institutlari, "aql markazlari" hamda siyosiy doiralar bilan aloqalarni rivojlantirishga, "muloqot maydonlari"ni yaratishga ko‘maklashishni rejalashtirgan.
 

 
 
Jan. 3, 2024, 6:34 p.m. |