Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!

YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayram tantanalari Samarqand shahrining Qorasuv massividagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va “Mo‘’jiza” amfiteatrida bo‘lib o‘tadi.

31-avgust kuni erta tongdan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlar sayli, maktab, oziq-ovqat, hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkalari hamda sport o‘yinlari va qator musobaqalar tashkil etiladi.

SHu kuni soat 19:00 da bayram tantanasining musiqali qismi boshlanadi.“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘rnatilgan sahnada folklor ansambllari, el suygan san'atkorlar - Alisher Fayz va Ozoda Nursaidova musiqali chiqishlari bilan yig‘ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishlaydi.

Shuningdek, bayram yakunida salyut otilishi ko‘zda tutilgan.

1-sentyabr kuni esa Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi ko‘cha va bog‘da ham turli xil ko‘rgazma va soat 19:00 da Samarqand shahri aholisi va mehmonlari uchun “Mo‘’jiza” amfiteatrida bayram tantanalari o‘tkaziladi.

 
 
Aug. 30, 2023, 8:19 p.m. |