Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

TO‘QQIZTA MAHALLADA VAQTINCHA GAZ O‘CHADI

To‘qqizta mahallada vaqtincha gaz o‘chadi

Samarqand shahridagi  Sartepo maskanida tabiiy gaz bosimini me’yorida uzatilishini  ta’minlash maqsadida "SAM KUCH avto" zavodi oldidan 400 pm 219 dmli tabiiy gaz  quvuri “Samarqandshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan ta’mirlash ishlari olib boriladi. 

Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi Yuqori Xo‘ja Soat, Quyi Xo‘ja Soat, O‘rta Xo‘ja Soat, Sa’di Sheroziy, Xofiz Sheroziy, Botir Zokirov,  Guliston, Sattepo va Yangi Qo‘rg‘on mahallasida tabiiy gaz bugun soat 16:00 dan 19:00 gacha vaqtinchalik o‘chirilishini ma’lum qilamiz.

 
 
Sept. 6, 2023, 12:14 p.m. |