Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

TABIIY GAZDAN NOQONUNIY FOYDALANAYOTGAN FUQAROLARGA CHORA KO‘RILMOQDA

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan fuqarolarga chora ko‘rilmoqda

Keyingi paytlarda havo haroratining pasayishi Samarqand shahri aholisining tabiiy gazga bo‘lgan talabini oshiryapti. Biroq gaz bosimining pastligi sababli aholini to‘liq tabiiy gaz bilan ta’minlashda ayrim hollarda muammolar yuzaga kelmoqda. 

Qolaversa, bu asosiy sabab emas, ya’ni bunday vaziyatda ayrim iste’molchilar o‘zboshimchalik bilan noqonuniy gaz tortish nasoslari o‘rnatishi gaz tizimining gidravlikasini (bosimni bir me’yorda ushlash) buzilishiga va belgilangan hududlarga gaz yetib bormasligiga olib kelyapti.

Albatta, Samarqand shahar hokimligi mazkur holatlarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boryapti. Xususan, hokimlik tomonidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “Hududgaz Samarqand” MCHJ va boshqa tegishli tashkilotlardan iborat ishchi guruh tomonidan gaz tortish moslamalari olib tashlanyapti va tegishli choralar ko‘rilmoqda.

 
 
Dec. 22, 2023, 1:55 p.m. |